Toshkent tug‘ruqxonalarida ishlaydigan 14 kishi javobgarlikka tortildi - DXA

© REUTERS / Antara Foto/Rivan Awal Lingga Novorojdennie v zashitnix maskax v roddome Djakarti, Indoneziya
 Novorojdennie v zashitnix maskax v roddome Djakarti, Indoneziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Tug‘ruqxonalar tomonimdan bola tug‘ilishi va o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida FXDYo tizimiga yuborilmagani sababli - ma’sul xodimlar jarimaga tortildi.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Toshkent tug‘ruqxonalarida ishlaydigan 14 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga ushbu xodimlarning tug‘ruqxonalarda bola tug‘ilishi va o‘lim holatlarini qayd etish bilan bog‘liq majburiyatlarini qonunda belgilangan tartibda bajarmaganligi sabab bo‘lgan. 
Xususan, 2021-yilning yanvar oyida 390ta tug‘ilish va 3ta perinatal o‘lim haqidagi ma’lumotlar axborot tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumot - muddatdan kechiktirib kiritilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston grezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ–3785-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yildan boshlab tibbiyot muassasalari va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim haqida elektron ma’lumot almashish tizimi joriy etilgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qaroriga asosan, tibbiyot muassasasi tomonidan ota-ona va bola haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishi va ma’lumotlar avtomatik tarzda FHDYo bo‘limiga yuborilishi belgilangan.
 
Yangiliklar lentasi
0