Vaksina va siyosat: Yevropaga kirish uchun qanday vaksina kerak?

© AFP 2023 / KIRILL KUDRYAVTSEVRossiyskaya vaksina Spuntik V
Rossiyskaya vaksina Spuntik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropada o‘zini Rossiyadan chegaralash g‘oyalari tarafdorlaridan tashqari tus sayyohalarini orziqib kutayotgan Italiya, Fransiya, Ispaniya, Gretsiya va boshqalar ham bor.
Yevropa Ittifoqi diplomatik muassasalari rahbarlari YeIga kirish uchun emlanish sertifikati tartibini joriy etish kerakligi taklifini ma’qullashdi. Bu haqida ushbu majlis yakuniga ko‘ra, Angela Merkel xabar qildi. Hozircha gapi prinsipial rozilik haqida ketmoqda, batafsil qonun loyihasi 3 oydan so‘ng paydo bo‘ladi.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik vaksina ishlab chiqaruvchiga murojaat etgan - Behzod Musayev
Har doim eng qiziq ma’lumot tafsilotlarida bo‘ladi. Vaksina pasportiga doir yangi qonun ham bundan mustasno emas.
Birinchi navbatda, tibbiy ko‘rsatgichlariga ko‘ra vaksina olishi mumkin bo‘lmagan odamlar nima qilishi kerak? Agar kishi yaqinda koronavirus bilan kasallanib tuzalgan bo‘lsa – boshqa gap, birozdan so‘ng vaksina olishi mumkin. Surunkali kasalikka chalinganlar nima qilishi kerak?  Axir vaksina pasporti joriy etilsa ularning Yevropa bo‘ylab harakatlanish erkinligi huquqlari buzilmaydimi?
Yoki, surunkali kasallikka chalinganlar yaqinda o‘zlari ham o‘lib ketadi. Odam yo‘qmi – muammo ham yo‘q. Umuman kasallarga Yevropa bo‘ylab kezib yurishni kim qo‘yibdi?
Lekin ish bu bilan cheklanmaydi. Hozir dunyoda bir necha vaksina bor, yaqinda ularning soni yanada ko‘payadi. Xo‘sh, qaysi vaksinalarga birinchi navbatda YeI sertifikati beriladi?
Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca - yevroatlantik uchlikda bu borada muammo bo‘lmaydi shekilli. “Pfayzer oldingmi – mana senga ausvays", qabilidi ish tutiladi shekilli. Lekin Rossiya vaksinasi ("Sputnik V" yoki "EpiVakKorona") yo bo‘lmasa Xitoyning Sinovac Biotech, CanSino Biologics, CNBG — Sinopharm vaksinalaridan birortasini olganlar uchun to‘siqlar o‘rnatilishi mumkin. Ular qanchalik samarali va bezarar bo‘lmasin, lekin Brussel ularni rasman tasdiqlamas ekan, ular bilan emlangan fuqarolar chegaralarni kesib o‘tishga ruxsat ola olmaydi.
Chunki demokratik bo‘lmagan  mamlkatlardan kelib chiqqan vaksinalarning foydali yoki zararligi masalasi – nafaqat tibbiy, balkim siyosiy masala ham.  Ishga siyosat aralashsa nima bo‘lishi aniq - “demokratiyani olg‘a surish bahonasida totalitar rejim joriy etiladi. Buni biz
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Putin COVID-19ga qarshi vaksina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi
"Shimoliy oqim — 2" misolida yaqqol ko‘rib turibmiz. Guyoki rossiyaning uglevodorodi "Siklon-B"dan ko‘ra zaharliroqdek.
Ma’lumki, “geometriya teoremalari inson manfaatlariga ta’sir qilganida edi ular uchun urushlar sodir bo‘lardi”. Nodemokratik mamlakat vaksinasini tan olmasdan xorijiy davlatga noqulaylik tug‘dirish mumkin bo‘lsa – nega bu ishni qilmaslik kerak?
Yaqinda, (17 fevral) Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen shunday degan edi: "Rossiyaning emlash strategiyasi juda g‘alati – o‘z aholisini emlashda yetarli progressga erishmasdan turib nega Rossiya boshqalarga millionlab doza vaksina taklif qilmoqda? Bu savolga javob berilishi kerak”.
"Yetarli progress" degani nima ekanini tushunish qiyin. Yevropaning o‘zida progress yetarli bo‘lmasa, bu masala Yevropa tomonidan ko‘tarilishi qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?  Nima sababdan Vengriya  "Sputnik" vaksinasini sotib olmoqda? Har qadamda "Pfayzer" emlash punktlari bo‘lganda Chexiya, Avstriya va Italiya ham "Sputnik V" sotib olishga qiziqmagan bo‘lardi.
Balkim frau Ursula XIX asar oxiridagi bug‘doy eksporti bilan bog‘liq vaziyatni esga olgandir. O‘sha vaqtda Rossiyada “o‘zimiz to‘ymasak ham eksport qilamiz” prinsipi asosida ishlagan. Nahotki bugungi Rossiya Tibbiyot vazirligi 19-asr oxirida Rossiya moliya vaziri bo‘lgan Vishnegradskiydan o‘rnak olgan?
Ikkinchidan, bu masalaning Rossiya vaksinasi samarali yoki foydasiz ekaniga nima aloqasi bor? Vaksina yoki samarali yo samarasiz bo‘lishi mumkin, lekin Rossiyada aholi emlanishi “yetarli  progressga” erishish masalasining Brusselga nima aloqasi bor?
Vaksinatsiya v OAE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Har qanday vaksina halolmi? Dindorlar nega vaksinaga qarshi chiqmoqda?
Agar maqsad – nima qilib bo‘lsa ham Rossiya vaksinasini obro‘ysizlantirish bo‘lsa - bu boshqa gap. Xususan, Rossiya vaksinasi bilan emlanganlarga viza sertifikat bermasdan. Bularning brachasi “temir parda” muammolarrini eslatadi. O‘sha vaqtlar bunday choralar odatiy holdek qabuld qilinishi mumkin edi.
Albatta, hamm narsa Ursula va uning tarafdorlarigaga bog‘liq emas, Lekin Yevropada nima qilib bo‘lsa ham Rossiyadan o‘zini chegaralash g‘oyasidan o‘zgacha fikrlaydiganlar ham bor.
Masalan Rossiyalik turistlarni orziqib kutayotgan Italiya, Fransiya, Ispaniya, Gretsiya va boshqalar. Ushbu mamalkatlarda turizm  mamlakat YaIMining 15%gacha ta’minlaydi. Ularning aholisi rossiyalik turistlar qaytishini jonu-dili bilan istaydi. Bu borada frau fon der Lyayenning g‘oyalaridan ko‘ra o‘z hamonlari ular uchun muhimroq.
Albatta yevropaliklarni Ittifoqning bosh mafkurachisi Suslov M.A.ning so‘zlari bilan yupantirish mumkin - “Biz mafkura uchun mablag‘ ayamaymiz”, jumladan viza sertifikatlari uchun ham. Lekin uzoq vaqt davomida bunday siyosat olib borish turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uch oydan so‘ng qaysi vaksina Yevropada “ishonchli” deb tasdiqlanishi,  frau fon der Suslov va “it bo‘lsa ham mayli, tuxum tug‘sa bo‘ldi” prinsipi asosida yashaydiganlar orasida turli tortishuvlar keltirib chiqarishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0