Iqtisod

Qirgʻiziston Oʻzbekistondan elektr energiyasini import qilmoqchi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Sadir Japarov Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan elektr energiyasini ehtimoliy yetkazib berish borasida muzokaralar olib borayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Qirgʻiziston Oʻzbekiston va Qozogʻistondan elektr energiyasini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov maʼlum qildi.
“Biz Qozogʻiston va Oʻzbekistondan elektr energiyasini import qilish masalasini koʻrib chiqyapmiz”, - dedi u “Kazinform” XAAga bergan intervyusida. Intervyu matni davlat rahbarining rasmiy saytida chop qilingan.
Japarov hozir dunyoda suv tanqisligi mavjudligi va shunga oʻxshash muammolar Qirgʻizistonni ham chetlab oʻtmasligini taʼkidladi.
Guzor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Iqtisod
"Gʻuzor-Regar" elektr tarmogʻini tiklash boshlandi
“Taʼkidlash joizki, Toktogul suv omborimizdagi vaziyat hozirgidek rivojlansa, u halokatga olib keladigan ahvolga keladi”, - deya istisno qilmadi u.
“Qozogʻiston Respublikasi mamlakatimizga 0,9-1 milliard kVt elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligi haqida xabardor qildi. Biz oʻz navbatida Oʻzbekiston bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz”, - deydi Japarov.
Uning soʻzlariga koʻra, agar Qirgʻiziston yetkazib berishni tashqaridan taʼminlamasa, respublika bu masalani mustaqil hal qilishiga toʻgʻri keladi, “biroq buning natijasida vegatatsion paytda hech kimga suv yetmaydi”.
“Va natijada Toktogul suv omboridagi suv sathi pasayadi. Shu bois Qozogʻiston va Oʻzbekistondan energiyani import qilishimiz darkor”, - deya tushuntirdi Qirgʻiziston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala