Kolumnistlar

AQSH Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat koʻradimi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
AQSH va Saudiya munosabatlari - Oq uyda kim oʻtirganiga bogʻliq emas. Ikki davlat aloqalari – oʻnlab yillar davomida shakllangan va fundamental asosga ega.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni va AQSH munosabatlarda murakkab davrlar kelmoqda. 2018 yilda jurnalist Jamol Xashshogining oʻldirilishidan soʻng Oq uy yangi strategiya eʼlon qilgan edi: endi ular Yamanda urushni toʻxtatishni va inson huquqlari saqlanishini talab qilishmoqda. Ushbu yoʻnalishda OQ uy qanchalik uzoqqa birishi va ar-Riyod bunga qanday javob berishi mumkin?

Sanktsiya kiritib boʻlmaydigan shaxzoda

AQSH Davlat Deparatamenti rahbari Entoni Blinken juma kuni “Xashshogi bani” haqida yangi sanktsiyalarni eʼlon qildi. Unga koʻra, “saudiyalik dissidentlarni qoʻrqitishda va jurnalist Jamol Xashshogi oʻlimiga aloqador” deb topilgan 76 nafar saudiyaliklarga nisbatan viza cheklovlari kiritilgan. Sanktsiyaga tushganlar orasida Saudiya Arabistoni umumiy razvedka rahbari Axmad al-Asiri ham bor.
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina s zamestitelem naslednogo printsa Saudovskoy Aravii Muxammadom ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2018
Siyosat
AQSH senati saudiya shahzodasi jazolanishini talab qilmoqda
Undan tashqari, hisobotda aytilishiga koʻra, Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad ben Salmon ham The Washington Post jurnalisti oʻlimiga aybdor. Aynan uning buyrugʻiga asosan, Stambuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida jurnalist oʻgʻirlangan va uning tanasi boʻlarga boʻlinib yoʻq qilingan. Saudiya Qirolligi tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovlarni qatʼiy rad etmoqda.
Ayblovlar bisyor boʻlishiga va Jo Bayden saylovoldi debatlarida ar-Riyodni yakkalab qoʻyishni vaʼda berganiga qaramasdan, shaxzodaga nisbatan shaxsiy sanktsiyalar kiritgani yoʻq.
-Butun mamlakat va alohida bir kishi bilan munosabatlarni aralashtirmaslik kerak. Sudiya bilan munosabatlarimiz juda mumhim. AQSH qirollikni himoya qilish tarafdori, - degan edi ushbu haqida AQSH davlat kotibi Blinken. – Bundan kutilayotgan maqsad – ar-Riyod AQSH vazifa va  qadriyatlariga toʻliqroq javobi berishini taʼminlashdir.
Davlat kotibi aytishiga qaraganda, ar-Riyod amerikaliklardan olayotgan yordamini Yamandagi vaziyatni hal qilishda foydalanmasligi kerak. Yamanda saudiyaliklar sobiq prezidentAbu Rabu Mansura Xadi tarafdorlarini qoʻllab-quvvatlashmoqda.Boshqacha qilib aytganda, Vashington amerika qurollari uchinchi davlat jang maydonlarida foydalanilmayotganiga amin boʻlmoqchi.

Hujumkor himoya

Aslida ikki davlat munosabatlari asosi juda mustahkam – Saudiya nefti evaziga AQSH uni himoya qiladi. Ikkinchidan Saudiya AQShdan qurol sotib oluvchi eng yirik xaridorlaridan biri.
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2019
Siyosat
Ruhoniy: Saudiya va AQSH Yamanni vayronaga aylantirishdi, oʻzlariga zarba bersa - yoqmaydi
Ushbu hamkorlik ikki tomonning ham strategik manfaatlariga javob beradi, lekin qadriyatlar, inson huquqlari va  demokratik borasida  - ushbu ikki davlatlar qarashlari keskin farq qiladi.
Barak Obama hokimiyatining soʻnggi yillarida Saudiya-AQSH hamkorligi fikrlar farqi sezila boshlagan edi. Birinchi navbatda bu AQShning Eronga (Saudiyaning hududdagi raqibi) boʻlgan munosabatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻldi.
Ikki davlat razvedkalari doimiy ravishda hamkorlik qilib tursa-da, Saudiyaning dissidentlarga qarshi kurash metodlari va Yamandagi harbiy harakatlar – AQShda xavf uygʻota boshlagan edi.
Lekin Oq uyga Donald Tramp kelganidan soʻng, munosabatlar biroz yaxshilandi. AQSH prezidenti oʻzining birinchi tashrifini Saudiyaga amalga oshirdi. Vaholanki, saylovdan oldin Tramp saudiyaliklarning “ishqibozi” emasligini va “saudiyalik terrorchilarga yordam bermasligini” aytib oʻtgan edi. Tramp davrida Saudiya bilan munosabatlarni uning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner olib borar edi.
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Dunyoda
Saudiyalik jurnalist Xashoggining Istanbulda oʻldirilishi - AQSH merosxoʻr shahzodani aybladi
Jurnalist  Xashshogining oʻlimi haqidgi hisobot Tramp davridayoq tayyor boʻlishiga qaramasdan, u keng ommaga eʼlon qilinmagan edi.
“Buning oʻrniga Tramp ittifoqchilarga investitsiya kiritishga harakat qildi. Endi ular Vashingtondan yanada koʻproq qurol-aslaha sotib olishi, hududda sodir boʻlayotgan voqealar uchun javobgarlikni boʻynilarig olishlari kerak edi”, - deb vaziyatni tushuntiradi Kelajak izlanishlar markazi direktori Maksim Suchkov.
“Hozirgi hukumat nima desa ham - oldin ana shunday qarash ikkala partiyaga ham xos edi. Xashshogi oʻlimidan soʻng demokratlar respublikachilarni ayblashga tushishdi. Ular Tramp hukumatini inson huquqlari buzilishida, saudiyaliklar Yamanda amalga oshirgan zoʻravonlik operatsiyalariga befarq boʻlishda ayblashdi.
Demokratlar xulosasiga koʻra, bunday yondashuv Saudiyal shaxzodasi Muxammed ben Salmanga nima qilsa ham jazoga tortilmasligi va Vashington bilan har qanday masalani pul bilan hal qilish mumkin, degan tasavvur berishi mumkin.
Yangi maʼmuriyat kelganidan soʻng ushbu masalaga yondashuv oʻzgarishini hamma kutgan edi va Bayden birinchi qadamni qoʻydi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri koʻrinishi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2016
Dunyoda
AQSH fuqarosi Saudiya Arabistoni ustidan sudga davo qildi
Yangi prezident Yamanda hujumlarga barham berish tashabbusini olgʻa surdi. Bunga, jumladan  Saudiyaga qurol aslaha eksportini cheklash orqali ham erishish mumkin. Xususan, dekabrda yetkazib berish haqida kelishuvga erishilgan 3 mingta GBU-39 – aniq nishonga teguvchi bombalar va 7 mingta Paveway IV bombalarni yetkazib berishni taʼqiqlash orqali.  Maʼlumot uchun, ushbu bombalar umumiy qiymati 768 million dollarni tashkil qiladi.
Umuman olganda,  Vashington Yaman mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga bel bogʻlagan. Fevral oyida Yaman muxolifatchi kuchlari – xusiylarni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishgan edi.    

Yangi burilishi

Ikki davlat munosabatlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish haqida gap ketayotgani yoʻq.
“Biroz vahima qilib qoʻrqitishadi, ozgina jazo berishadi va shu bilan tamom. Munosabatlarni toʻliq qayta koʻrib chiqish haqida gap ketayogani yoʻq”, - deydi Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassis Aleksey Xlebnikov.
Burovaya ustanovka dlya dobыchi nefti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2016
Dunyoda
Saudiya Arabistoni AQSH uchun neft narxini oshirdi
Uning soʻzlariga koʻra, Vashington - Ar-Riyod munosabatlari biroz qayta tekshirilsa-da, lekin  hozircha hech qanday jiddiy strategik oʻzgarshlar boʻlmaydi.
Rossiya Xalqaro ishlar kengashining Yaqin Sharq loyihalari menedjeri Ruslan Mamedov ham ana shunday fikrda.
“Obama davridan boshlab AQSH oʻz energetika manbaalarini oshirib, Saudiya neftiga bogʻliqlikni kamaytirib kelayotgan edi. AQSH yangi maʼmuriyatida Saudiya bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqish tarafdorlari ham bir necha. Gap Yaqin Sharqda faqat Saudiyaga emas bir necha davlat bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va “qoʻllarni biroz boʻshatib olish” haqida”, - deydi ekspert.
Mamedov aytishiga koʻra, bu borada koʻp narsa Eron yadroviy dasturiga bogʻliq. Ar-Riyod AQShning hududdagi eng yirik hamkorlaridan biri. Agar Saudiyaga qattiq sanktsiyalar kiritilsa, bundan Eron yutib chiqadi. Birgina Xashshogining oʻlimi uchun AQSH Saudiyani bunchalik qattiq jazolashga bormaydi.

Rossiya va Xitoy

2015 yilda AQSH, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Frantsiya ishtirokida Eron yadroviy dasturiga doir imzolangan “Umumiy ishlar rejasi” Saudiya monarxlari uchun soʻnggi tomchiga aylandi desak mubolagʻa boʻlmaydi, - deydi Aleksey Xlebnikov. - Soʻnggi 10 yilda Koʻrfaz atrofida bir necha muhim voqealar yuz bergan edi – Misr va Tunisda AQSH ishtirokisiz qoʻzgʻolonlar oqibatida hukumatlar oʻzgargan edi.
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2016
Dunyoda
Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi
Ushbu voqealardan xulosa qilgan Qirollik tashqi oʻz siyosatini ham diversifikatsiya qilishga, dunyodagi boshqa yirik davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga kirisha boshladi. Masalan Rossiya va Xitoy bilan, deb hisoblaydi ekspert.
Moskva 2019 yilan boshlab Ar-Riyodga qurol aslaha yetkazib bermoqda. Dastlabki shartnomalar 2017 yilda tuzilgan edi. Oʻshanda Saudiya Arabistonida TOS-1A olov otish tizimlarini, "Kornet-EM" – tankka qarshi kurashish majmualari, AGS-30 – granatomyotlari va “AK-103” Kalashnikov avtomatlarini birgalikda ishlab chiqarishga kelishib olingan edi.
2021 yil boshida esa saudiyaliklar Rossiyaning S-400 havo hujumidan himoya tiziminiva Su-35 samolyotlarini sotib olishga qiziqish bildirgan edi.
Undan tashqari Rossiya va saudiya Arabistoni OPEK+ doirasida ham hamkorlik qilishayotganini va buning natijasida ikkala davlat ham moʻmaygina daromad qilganini unutmaslik kerak. Ushbu va boshqa pragmatik sabablar – mustahkam hamkorlik asosi boʻlishi mumkin, deydi Mamedov.

Koʻp qirrali taktika

Saudiya qiroli Yaqin Sharq hududida amerikaliklar uchun talaygina muammolar tugʻdirishi mumkin, lekin oxir oqibat Ar-riyod uchun AQSH - oʻta muhim hamkor. Moskva va Pekin tomoniga qilinayotgan har qanday manyovrlar, bu oʻziga diqqat jalb qilishga qaratilgan vosita boʻlishi mumkin.
“Saudiya Arabistoni fikriga koʻra, AQSH bilan munosabatlar Oq uyda kim oʻtirganiga bogʻliq emas, ikki davlat aloqalari – oʻnlab yillar davomida shakllangan va ular har qanday sinovdan oʻtishga qodir”, - deydi ekspert.  
Oʻnlab yillar davomida shakllangan fundamental munosabatlar deganda, koʻp narsani tushunish kerak: Saudiya elitasining deyarli barchasi AQShda taʼlim olgan va olmoqda, qurol-yarogʻ va harbiylarni oʻqitish ham - toʻliq amerika tomonida. Vanihoyat ularning valyutasi rial kursi ham dollaga bogʻlangan. Bularning barchasini oʻzgartirish uchun – uzoq yillar kerak boʻladi. Shu sababli ham tashqi siyosiy aloqalarni diversifikatsiya qilish— shunchaki taktik uslub, koʻp tomonli trek boʻlib, u yangi koʻp qirrali dunyo talablariga javob berish uchun amalga oshirilmoqda.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala