Jamiyat

Alkogol mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda

© Sputnik / Mariya NaumenkoStend Uzbekistana na prodovolstvennoy vыstavke "Prodekspo-2020"
Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vыstavke Prodekspo-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Moliya vazirligi alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqish va yangi narxlarni belgilashga doir hujjat tayyorladi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Moliya vazirligi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.
Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vыstavke Prodekspo-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2020
Jamiyat
Alkogol isteʼmol yoshini yanada oshirish taklif qilindi - yangi qonun
Unda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular yangi miqdorlarda belgilash qayd etilgan.
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 11 200 soʻm (ilgari 9400 soʻm);
- eng kam chakana narx - 13 200 soʻm (11 200 soʻm).
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 41 200 soʻm (33 000 soʻm);
- eng kam chakana narx - 49 400 soʻm (36 600 soʻm).
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 28 600 soʻm (24 000 soʻm);
- eng kam chakana narx - 34 400 soʻm (28 500 soʻm).
"Mazkur qaror 2021 yil 15 martdan kuchga kiradi", - deyilgan hujjat loyihasida.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 1 oktyabridan boshlab alkogol mahsulotlarining yangi narxlari belgilangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala