FIFA O‘zbekistonda VAR tizimidan foydalanishga rasman ruxsat berdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSistema VAR
Sistema VAR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
FIFA 2021-yilgi mavsumda O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. FIFA O‘zbekistonda 2021-yilgi mavsumdan boshlab futbol uchrashuvlarida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘FA barcha tegishli hujjatlarni FIFA VAR platformasiga yuklagan. Shuningdek, o‘zbekistonlik VAR tizimi mutaxassislarining 2020-yilgi sinov o‘yinlarida qayd etgan natijalari FIFA tomonidan inobatga olingan.
“Shu sababli FIFA 2021-yilgi mavsumda O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan 2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR tizimini joriy etish belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0