Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Ismoilov Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi. 02.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Baxtiyor Ismoilov Oʻzbekiston bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Ushbu tayinlovga qadar u Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida mehnat qilgan.Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori boʻlgan.2017-2021 yillarda Fargʻona viloyati prokurorining oʻrinbosari, Fargʻona viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Qosimov Toshkent shahrining yangi prokurori etib tayinlangan edi.
Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Ismoilov Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Baxtiyor Ismoilov Oʻzbekiston bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu tayinlovga qadar u Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida mehnat qilgan.
Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori boʻlgan.
2017-2021 yillarda Fargʻona viloyati prokurorining oʻrinbosari, Fargʻona viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Qosimov Toshkent shahrining yangi prokurori etib tayinlangan edi.