Jamiyat

Harbiy xizmat, ichki ishlar va bojxona: pensiya taʼminotiga doir yangi qonun

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
“Harbiy xizmat oʻtagan, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmat oʻtagan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini davlat pensiya bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. “Harbiy xizmat oʻtagan, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmat oʻtagan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini davlat pensiya bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Qonun loyihasini ishlab chiqishdan koʻzlangan maqsadlar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining qonun hujjatlariga muvofiq yaratilgan boshqa harbiy tuzilmalarda harbiy xizmat oʻtagan boʻlib, sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan, biroq Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlmagan davlatlar hududida istiqomat qilayotgan shaxslar hamda ushbu shaxslar oila aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish (agar zikr etilgan shaxslarning pensiya taʼminoti, mulohaza yuritilayotgan davlatlarning harbiy xizmat (xizmat) oʻtagan shaxslar va ularning oila aʼzolarini pensiya bilan taʼminlashga oid qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan boʻlsa);
harbiy xizmatchilarni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish masalalarini nafaqat ularning huquq va imtiyozlariga taalluqli koʻplab meʼyorlarni bir butun qilib, oʻz ichiga mujassam etadigan kodeks xususiyatiga ega hujjat asosida, balki sohaga oid ustuvor masalalarni belgilash boʻyicha davlat hokimiyati idoralarining majburiyatlarini aniq ifodalaydigan, mulohaza yuritilayotgan masalalarni roʻyobga chiqarish yoʻllarini belgilab beradigan hujjat asosida yoʻlga qoʻyish kiradi.
"Qonun loyihasi pensiyalarning quyidagi miqdorlarini koʻzda tutadi:
a) haqiqiy harbiy xizmat oʻtalgan muddat 20 yilni tashkil etsa, pul taʼminotiga oid tegishli summaning 40 foizi, xizmat oʻtashning cheklangan yoshiga yetgani yoki sogʻligi yomonlashgani munosabati bilan haqiqiy harbiy xizmatdan (xizmatdan) isteʼfoga boʻshatilgan shaxsga esa 45 foizi tayinlanadi. 20 yildan ortiq oʻtalgan har bir toʻliq xizmat yili uchun pul taʼminotiga oid tegishli summaning 3 foizi qoʻshiladi. Biroq pensiya miqdori, ushbu summaning jami 75 foizidan oshmaydi;
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2020
Siyosat
Mirziyoyev ichki ishlar xodimlarini tabrikladi
b) umumiy mehnat staji 25 yilni tashkil etsa, pul taʼminotiga oid tegishli summaning 40 foizi, 25 yildan ortiq har bir toʻliq staj yili uchun zikr etilgan summaning 1 foizi qoʻshiladi;
v) mehnat staji hisobga olingan tarzda xizmat oʻtagan yillari uchun pensiya tayinlanayotganida: umumiy mehnat staji 20 yilni tashkil etsa,  pul taʼminotiga oid tegishli summaning 40 foizi, 20 yildan ortiq har bir toʻliq staj yili uchun zikr etilgan summaning 3 foizi qoʻshiladi. Biroq pensiya miqdori, pul taʼminotiga oid tegishli summaning jami  75 foizidan oshmaydi.
Xizmat oʻtagan yillari uchun tayinlanadigan pensiya miqdori Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.
Harbiy xizmatchilar toifasiga mansub, nogironlik holati harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan (harbiy jarohat olgan) nogironlarga quyidagi miqdorlarda pensiya tayinlanishi koʻzda tutilgan:
I guruh nogironlariga – pul taʼminotiga oid tegishli summaning  90 foizi;
II guruh nogironlariga – pul taʼminotiga oid tegishli summaning  80 foizi;
III guruh nogironlariga – pul taʼminotiga oid tegishli summaning  55 foizi", - deb yozilgan hujjatda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala