Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal svoyego sovetnika po voprosam ekonomicheskogo razvitiya, effektivnogo upravleniya i mejdunarodnogo sotrudnichestva Sumu Chakrabarti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal svoyego sovetnika po voprosam ekonomicheskogo razvitiya, effektivnogo upravleniya i mejdunarodnogo sotrudnichestva Sumu Chakrabarti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Suma Chakrabarti O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash borasidagi taklif va tavsiyalarini bildirdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev s uchastiyem sovetnika Sumi Chakrabarti rassmotrel strategicheskie napravleniya prodoljeniya programmi reform na dolgosrochnuyu perspektivu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2020
Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdi
Mirziyoyev “yo‘l xaritasi” va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0