Rossiya

Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari muntazam parvozlarni tiklash masalasini muhokama qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel peregovorы s rossiyskim kollegoy Sergeyem Lavrovыm.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel peregovorы s rossiyskim kollegoy Sergeyem Lavrovыm. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishlari bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv chogʻida Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya tomonini joriy yili Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga taklif qilgan maktubini topshirgan.
Lavrov i Kamilov o tom, kogda vozobnovitsya trudovaya migratsiya v RF — video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Video
Lavrov va Kamilov Rossiyaga mehnat migratsiyasi qachon tiklanishi haqida – video
Taʼkidlanishicha, tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi Oʻzbekiston – Rossiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilingan.
Ilgari erishilgan kelishuvlarning ijro jarayoni hamda boʻlajak oliy va yuqori darajalardagi tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
“Tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklash masalasini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishlari bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdilar”, - deyilgan xabarda.
Vazirlar BMT, MDH, SHHT hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning turli jihatlari borasida ham soʻz yuritdi.
Afgʻonistondagi bugungi vaziyat, inklyuziv afgʻonlararo muzokaralarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va Afgʻoniston ishtirokida transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻllaganini maʼlum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻlishiga umid bildirilayotganini taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala