Jamiyat

Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri oʻrinbosari javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDjasurbek Choriyev
Djasurbek Choriyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyevning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakat Rossiya maxsus komissiyasi talab qilgan standartlarga mos keladi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻlladi. Bu haqda transport vazirining oʻrinbosari Jasurbek Choriyev “Oʻzbekiston Respublikasining transport diplomatiyasi: mintaqaviy hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat Rossiya hukumati talab qiladigan talablarni oʻrganib chiqqan: kasallanish darajasi, aholi boshiga kasallanish holatlari va kasallanish surʼati.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Rossiya
Matviyenko: Rossiya chegaralarini bosqichma-bosqich ochadi
“Mamlakatimiz Rossiya maxsus komissiyasi tomonidan oʻrnatilgan barcha mezonlarga mos keladi. Muntazam parvozlarni qayta tiklash uchun toʻliq asosimiz bor. Hozircha rossiyalik hamkasblarimizning javobini kutyapmiz”, - dedi Choriyev.
Transport vaziri oʻrinbosari ikki mamlakat oʻrtasida muntazam parvozlarning tiklanish muddati borasida ham fikr bildirdi.
“Oʻylaymanki, mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻladi. Chunki biz Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etganimizga qaramay hozircha javob olmadik", - deya fikr bildirdi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya chegaralarini boshqa mamlakatlar bilan koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich ochishini maʼlum qilgani xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala