Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri o‘rinbosari javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDjasurbek Choriyev
Djasurbek Choriyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakat Rossiya maxsus komissiyasi talab qilgan standartlarga mos keladi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘lladi. Bu haqda transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “O‘zbekiston Respublikasining transport diplomatiyasi: mintaqaviy hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Rossiya hukumati talab qiladigan talablarni o‘rganib chiqqan: kasallanish darajasi, aholi boshiga kasallanish holatlari va kasallanish sur’ati.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Matviyenko: Rossiya chegaralarini bosqichma-bosqich ochadi
“Mamlakatimiz Rossiya maxsus komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan barcha mezonlarga mos keladi. Muntazam parvozlarni qayta tiklash uchun to‘liq asosimiz bor. Hozircha rossiyalik hamkasblarimizning javobini kutapmiz”, - dedi Choriyev.
Transport vaziri o‘rinbosari ikki mamlakat o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanish muddati borasida ham fikr bildirdi.
“O‘ylaymanki, mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘ladi. Chunki biz O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni taqdim etganimizga qaramay hozircha javob olmadik", - deya fikr bildirdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya chegaralarini boshqa mamlakatlar bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishiga qarab bosqichma-bosqich ochishini ma’lum qilgani xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0