https://oz.sputniknews-uz.com/20210302/Solidan-arzi-blgan-korkhonalar-yuridik-manzilini-zgartira-olmaydi---DS-16108726.html
Soliqdan qarzi boʻlgan korxonalar yuridik manzilini oʻzgartira olmaydi - DSQ
Soliqdan qarzi boʻlgan korxonalar yuridik manzilini oʻzgartira olmaydi - DSQ
Ushbu yilning 4 martidan boshlab korxona yuridik manzilini oʻzgartirish soliq organining elektron xulosasi asosida amalga oshiriladi. 02.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-02T12:18+0500
2021-03-02T12:18+0500
2021-03-02T12:20+0500
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/722/61/7226119_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_44dc8607ad42c97b1e6d08c134623d64.jpg
TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Soliq majburiyatini bajarmagan tadbirkorlar yuridik manzilini oʻzgartira olmaydi. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati xabar qilmoqda. Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan, korxona yuridik manzilini oʻzgartirish uchun soliq organining elektron xulosasi kerak boʻlishi belgilab qoʻyilgan edi. Ushbu qonun normasi 4 martdan boshlab kuchga kiradi. Soliq organining elektron xulosasini olish uchun quyidagi 4ta majburiyat bajarilishi kerak:
Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. soʻm)dan ortiq soliq qarzi yoʻqligi
Amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilganligi
Tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilganligi
Soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilganligi
Tadbirkorlar ushbu talablarni bajargan holda, qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Aks holda - rad javobi beriladi. Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan “Tadbirkorlik subʼyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan edi.Yaqinda Soliq qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan shubhali operatsiyalar amalga oshirgan yuridik shaxslar orasida, soliq majburiyatlarini bajarmaslik uchun yuridik manzilini oʻzgartirish holatlari tez-tez uchrab turishi aytib oʻtilgan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/722/61/7226119_294:0:1194:675_1920x0_80_0_0_06897d167024371ee4fa677ec7ba5722.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Soliqdan qarzi boʻlgan korxonalar yuridik manzilini oʻzgartira olmaydi - DSQ
12:18 02.03.2021 (yangilandi: 12:20 02.03.2021) Ushbu yilning 4 martidan boshlab korxona yuridik manzilini oʻzgartirish soliq organining elektron xulosasi asosida amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Soliq majburiyatini bajarmagan tadbirkorlar yuridik manzilini oʻzgartira olmaydi. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan, korxona yuridik manzilini oʻzgartirish uchun soliq organining elektron xulosasi kerak boʻlishi belgilab qoʻyilgan edi. Ushbu qonun normasi 4 martdan boshlab kuchga kiradi.
Soliq organining elektron xulosasini olish uchun quyidagi 4ta majburiyat bajarilishi kerak:
- Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln. soʻm)dan ortiq soliq qarzi yoʻqligi
- Amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilganligi
- Tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilganligi
- Soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilganligi
Tadbirkorlar ushbu talablarni bajargan holda, qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Aks holda - rad javobi beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 dekabrdagi 763-son qaroriga asosan “Tadbirkorlik subʼyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan edi.
Yaqinda Soliq qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan shubhali operatsiyalar amalga oshirgan yuridik shaxslar orasida, soliq majburiyatlarini bajarmaslik uchun yuridik manzilini oʻzgartirish holatlari tez-tez uchrab turishi aytib oʻtilgan edi.