Jamiyat

“Zakovat” klubining ilk kastingi qanday oʻtdi

© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV ledovom dvortse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira "Zakovat"
V ledovom dvortse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira Zakovat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Humo Arena saroyida “Zakovat” intellektual klubi aʼzoligiga Toshkent viloyati va shahridan ariza topshirganlar uchun kasting oʻtkazildi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. 28 fevral kuni Humo Arena saroyida “Zakovat” intellektual klubi aʼzoligiga Toshkent viloyati va shahridan ariza topshirganlar uchun kasting oʻtkazildi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvortse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira "Zakovat"
V Ledovom dvortse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira Zakovat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
“Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish uchun ariza berganlar soni 13 mingdan oshgan. Ularning 11 111 nafari yakka tartibda ariza topshirganlar boʻlsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent viloyati va shahrida kasting uchun ham minglab yoshlar yigʻildi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvortse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira "Zakovat"
V Ledovom dvortse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira Zakovat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Kasting boshlanishida Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov ham soʻzga chiqib, yoshlarga omad tiladi.
“Men klubimizning har bir aʼzosini olamga keng qarashga, ulkan maqsadlar qoʻyib, ular sari intilishga, oʻz ustida ishlashga, orzularini cheklamaslikka, hech qachon taslim boʻlmaslikka va hech kimga, ilm yoʻlidagi shahdingizni soʻndirmoqchi boʻlgan hech kimga quloq solmaslikka chaqiraman”,- dedi Komil Allamjonov.
Fond raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva ham soʻzga chiqib, klubga aʼzo boʻlgan xotin-qizlarni tabrikladi, ularni faol boʻlishga chaqirdi.
“Xotin-qizlarimiz qanchalik faol, ilm-fan, madaniyat va tadbirkorlikka, siyosiy jarayonlarga qancha koʻp hissa qoʻshadigan boʻlsa, yurtimizda baxtli va hayotidan mamnun ayollar shuncha koʻp boʻladi. Aminmanki, xonadonida namunali beka, pazanda opa-singillarimiz oʻzlarini ilm maydonida ham bemalol namoyon qila oladilar”, - dedi Saida Mirziyoyeva oʻz nutqida.
“Zakovat” turnirlari uchun 1 mlrd 690 mln soʻm ajratilgan. Toshkent shahri va viloyati oʻyinlari uchun ajratilgan yutuq fondi esa 130 million soʻm. Ajratilgan mablagʻ breyn-ring tanlovlari tashkil etilib, unda gʻolib boʻlgan jamoalarga taqdim etiladi.
© Press-slujba Intellektualnogo fonda "Zakovat" / Mukhitdin AleeV Ledovom dvortse "Xumo Arena" sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira "Zakovat"
V Ledovom dvortse Xumo Arena sostoyalos torjestvennoye otkrыtiye turnira Zakovat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala