Jamiyat

Oʻzbekistonda Xitoy vaktsinasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishMassovaya vaktsinatsiya ot COVID-19 v Rossii
Massovaya vaktsinatsiya ot COVID-19 v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Xitoy tomonidan Oʻzbekiston yordamida ishlab chiqarilgan vaktsina ZF-UZ-VAC 2001 - davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaktsinasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 
"Bugun, 2021-yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaktsina tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi", - deyilgan xabarda. 
Eslatib oʻtamiz, ushbu vaktsina Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Vaktsina yaratishda va sinovdan oʻtkazishda Oʻzbekiston hissasi va caʼy-harakatlarini inobatga olgan holda, Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonni hammuallif sifatida tan olgan va yangi vaktsinaga ZF-UZ-VAC 2001 nomi berilgan edi.
Maʼlumot uchun, Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi ham Oʻzbekistonda 17 fevral kuni ommaviy qoʻllanishga ruxsat beruvchi sertifikat olgan edi. Bugungi kunda "Sputnik V" 30dan ortiq mamlakatlarda qoʻllanish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan. Rossiyaning oʻzida vaktsinaning birinchi komponentini olganlar soni 4,1 mln kishidan, toʻliq vaktsinalanganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. 
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala