Sport

“Oʻzbekneftgaz” rahbari “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi

© Press-slujba futbolnogo kluba «Bunyodkor»Predsedatel Pravleniya aktsionernogo obщestva «Uzbekneftegaz» Mexriddin Abdullayev
Predsedatel Pravleniya aktsionernogo obщestva «Uzbekneftegaz» Mexriddin Abdullayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yigʻilishida klubga yangi prezident tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
1 mart kuni boʻlib oʻtgan “Bunyodkor” futbol klubining Kuzatuv kengashi yigʻilishida klub moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilingan. Bundan tashqari, klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham koʻrib chiqilgan.
Match posvyaщennыy pamyati bыvshego Prezidenta AFU Mirabrora Usmanova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Video
Mirabror Usmonov xotirasiga bagʻishlangan futbol matchi - video
“Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
"Oʻzbekneftgaz" endilikda jamoaning bosh homiysi boʻladi. Ilgari "Oʻztransgaz" boʻlgan.
Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. U 2020 yil yanvaridan "Oʻzbekneftgaz"ga rahbarlik qilib kelmoqda. Shuningdek, u Oʻzbekiston  Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy banki va Oʻzbekiston Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala