“O‘zbekneftgaz” rahbari “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi

© Press-slujba futbolnogo kluba «Bunyodkor”Predsedatel Pravleniya aksionernogo obshestva «Uzbekneftegaz” Mexriddin Abdullayev
Predsedatel Pravleniya aksionernogo obshestva «Uzbekneftegaz” Mexriddin Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig‘ilishida klubga yangi prezident tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
1 mart kuni bo‘lib o‘tgan “Bunyodkor” futbol klubining Kuzatuv kengashi yig‘ilishida klub moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilingan. Bundan tashqari, klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Match posvashenniy pamati bivshego Prezidenta AFU Mirabrora Usmanova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan futbol matchi - video
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
"O‘zbekneftgaz" endilikda jamoaning bosh homiysi bo‘ladi. Ilgari "O‘ztransgaz" bo‘lgan.
Mehriddin Abdullayev 1969-yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. U 2020-yil yanvaridan "O‘zbekneftgaz"ga rahbarlik qilib kelmoqda. Shuningdek, u O‘zbekiston  Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston milliy banki va O‘zbekiston Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0