Andijon va Navoiy viloyatlari IIB boshliqlari tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i bilan Andijon va Navoiy viloyatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Navoiy va Andijon viloyatlari IIB boshliqlari tayinlandi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Polkovnik Azat Tasbayev Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Nachalnikom UVD Navoiyskoy oblasti stal polkovnik Azat Tasbayev
Nachalnikom UVD Navoiyskoy oblasti stal polkovnik Azat Tasbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Tayinlovga qadar Tasbayev Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ayubxon Rahmatullayev Andijon viloyati IIBga rahbarlik qiladi.
UVD Andijanskoy oblasti vozglavil polkovnik Ayubxon Raxmatullayev
UVD Andijanskoy oblasti vozglavil polkovnik Ayubxon Raxmatullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Tayinlovga qadar Rahmatullayev IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etib, vazirlik faoliyatini tanqid qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0