Siyosat

Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishMujchinы v kostyumax i s portfelyami
Mujchinы v kostyumax i s portfelyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Safar dasturidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar oʻtkazish, Belarus-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi yigʻilishida qatnashish, qoʻshma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan oʻzbek kompaniyalariga tashriflar oʻrin olgan
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Belarus Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi belarus delegatsiyasi 2021 yilning 3-5 mart kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
Lukashenko o Mirziyoyeve: eto chelovek, kotorogo budet bogotvorit Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2021
Video
“Men hatto qoʻrqib ketaman baʼzan”: Lukashenko Mirziyoyev islohotlari va rejalari haqida
Delegatsiya Toshkentda boʻlib oʻtadigan ikki davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma hukumatlararo komissiyaning 8-yigʻilishida ishtirok etadi. Uchrashuv ikki mamlakat bosh vazirlari oʻrinbosarlari - Aleksandr Subbotin va Sardor Umurzoqov raisligida oʻtkaziladi.
Safar dasturidan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar oʻtkazish, Belarus-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi yigʻilishida qatnashish, qoʻshma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan oʻzbek kompaniyalariga tashriflar oʻrin olgan.
"Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtadi", - deyiladi ushbu mamlakatning Oʻzbekistondagi elchixonasi saytida.
Nemnogo peresidel: Lukashenko dal bolshoye intervyu rossiyskim jurnalistam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.01.2021
Siyosat
"Ha, men batkaman". Lukashenko xalq tomonidan berilgan laqabga koʻnikkanini tan oldi
Chet ellik mehmonlar mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Olmaliq va Samarqand shaharlarida boʻladilar.
Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, taʼlim, tashqi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sogʻliqni saqlash vazirliklari, Davlat standarti, Milliy Fanlar akademiyasi va boshqa boʻlimlarning rahbarlari tomonidan taqdim yetilgan.
Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, taʼlim, tashvi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sogʻliqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Davlat standarti, Milliy fanlar akademiyasi va boshqa idoralar rahbarlaridan tashkil topgan.
Delegatsiyaning ishbilarmonlar qismini: belarusning mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari sohalari korxonalari rahbarlari, belarus yetakchi OTMlari rektorlari tashkil etmoqda.
Vstrecha prezidenta Uzbekistana s prezidentom Belarusi v rezidentsii Kuksaroy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2018
Siyosat
Aleksandr Lukashenko Minskda oʻzbekona uslubda elchixona qurishni taklif qildi
Maʼlumot uchun: 2020 yilda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi tovar aylanmasi hajmi 280,1 mln dollarni (2019 yildagi koʻrsatkichga nisbatan 117,1% oshgan) tashkil etgan. Belarus tovarlari eksporti hajmi – 237,5 mln dollarni, import hajmi esa – 42,6 mln dollarni tashkil qildi.
Kuni kecha, transport diplomatiyasi mavzusiga bagʻishlangan doira suhbatida oʻzbek yuk tashuvchilari Belarus chegarasida oʻz huquqlari poymol etilayotganidan arz qilishgan edi. Ularning soʻzlariga koʻra, agar chegara postidan kuniga 50ta fura oʻtayotgan boʻlsa, ulardan faqat bittasi Oʻzbekistonniki boʻladi. Oʻzbekistondan kelayotgan yuk transportlarini qoʻshimcha koʻrikdan oʻtishga majbur etishmoqda va bu koʻrik baʼzan bir haftaga choʻzilib, oʻzbekistonlik yuk tashuvchilarga 400 dollarga tushmoqda.
Oʻzbekiston Transport vaziri oʻrinbosari Jasur Choriyev Oʻzbekiston tomoni bu muammodan boxabarligini va ayni vaqtda unga yechim topish bilan shugʻullanayotganini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala