Kolumnistlar

Yevropa oʻz muammolaridagi aybdorni topdi

© Sputnik / Tyerri Monass / Fotobankka oʻtishLyudi v zaщitnыx maskax na ulitse Bryusselya
Lyudi v zaщitnыx maskax na ulitse Bryusselya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevroparlament maxsus qoʻmitasining YEI demokratik jarayonlariga xorijlik aralashuv boʻyicha eshituvlarida nuqt soʻzlayotib, Rossiyani yolgʻon xabar tarqatish kampaniyasida aybladi.
Uning taʼkidiga koʻra, kampaniya Yevroittifoq demokratiyasini qoralash va xalqaro hamkorligini zaiflashtirishga qaratilgan.
Borrel davom etayotgan pandemiya sharoitida yolgʻon va yanglishtiradigan axborotning oʻta xavfligini qayd etdi. “Biz kremlparast kanallar qanday niqob taqish foydasiz ekanligi haqidagi fikrlarni tarqatishgani, yoki lokdaunga qarshi ovozlarni ruhlantirganini koʻrdik”, - dedi u. Endi esa, diplomatning fikriga koʻra, bir tarafdan, gʻarb preparatlari va ular ishlab chiqaruvchilarini obroʻsizlantirishga urinayotgan, boshqa tarafdan, oʻzining mahsulotlarini faol ilgari surayotgan Moskvaning vaktsina diplomatiyasi birinchi oʻringa chiqqan.
Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Kolumnistlar
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yoʻqotdi
Amaldorning xavotirini tushunish mumkin. Rossiyada aksariyat odamlar uchun hayot kichik noqulayliklar bilan oʻz iziga tushayotgan, hukumat pandemiya sabab kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilayotgan bir paytda Yevropada yangi karantin cheklovlari toʻlqini avj olmoqda. Finlyandiyada favqulodda holat kiritilgan. Chexiyada dunyodagi eng koʻp kasallanish darajasi sabab aholiga turar hududlarini tark etish taqiqlangan. Italiyada ham cheklovlar kuchaytirilgan.
Oʻz navbatida, deyarli bir yillik taqiqlardan va uyda oʻtirishlardan juda charchagan Yevropa aholisi bu choralarning bari faqat ularning manfaati uchun qabul qilinayotgani haqidagi hukumatlarning dalillarini borgan sari yomonroq qabul qilmoqda. Ommaviy norozilik namoyishlari deyarli qitʼaning barcha nuqtalarida avj oldi.
 Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Dunyoda
Chexiya prezidenti Putindan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻradi
Vaziyat shunchalik murakkabki, Yevropa saflarining tekisligi koʻz oʻngimizda yoyilib ketmoqda. Chexiya Rossiyaga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻrab murojaat qildi – bu mamlakat prezidenti va bosh vazirining muvofiqlashtirilgan pozitsiyasi. Slovakiya bundan ham kattaroq qadam tashladi va Vengriya, Serbiya va qator boshqa mamlakatlar ortidan Yevropa regulyatorining maʼqullashini kutib oʻtirmasdan, Rossiya vaktsinasini tezlashtirilgan jarayon asnosida roʻyxatdan oʻtkazdi. Koronavirus bilan bogʻliq oʻta qiyin boʻlgan polyaklar uchun Rossiyaga yordam soʻrab murojaat qilishlari aqlga sigʻmaydi, shunday ekan ular Xitoy bilan COVID-19ga qarshi vaktsina xaridi yuzasidan muzokaralar boshlashdi.
Vaziyat roppa-rosa bir yil sodir boʻlgan vaziyatni kuchliroq eslatmoqda – oʻshanda Yevropa Ittifoqi favqulodda vaziyatda toʻliq ojizligini namoyish etgandi va uning aʼzolari ular boshiga tushgan jiddiy inqirozni mustaqil hal qilishga majbur boʻlishgandi.
Farq shundaki – va bu haqiqatdan oʻta muhim – oʻshanda keng koʻlamdagi fors-major roʻy bergandi. Uning natijasida esa Bryussel, aslida, zudlik bilan talab etiladigan holatlarga munosabat bildirishga layoqatsiz ekanini oydinlashgandi. Bu, albatta, Yevropa uchun noxush kashfiyot boʻldi.
Gruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Dunyoda
YEIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishni maʼqulladi
Avj olgan pandemiyaning kutilmaganlik effekti yuzaga kelganda YEI yana diqqat markazda boʻldi, chunki hamisha uning kuchli sanalgan tomonlariga ehtiyoj paydo boʻldi: strategik reja, qiyin jarayonlarni tashkil etish, mablagʻlarni toʻplash va taqsimlash. Yevropa dunyoga shunga oʻxshash tahdidlarga qarshi qanday kurashish namunasini koʻrsatishi darkor edi.
Koʻrsatishdi.
Eng muhim yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatsizliklar natija boʻldi. Yevropa tomonidan tanlangan lokdaun strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, aholini emlash bilan vaziyatni taʼriflash uchun “halokat” taʼrifi koʻproq mos keladi.
Shu bilan birga, Yevropa pandemiyaga qarshi kurashishda dars bermoqchi boʻlgan mamlakatlardagi barqaror vaziyatda bu yanada yaqqolroq ayon boʻladi.
Bularning zamiri Yevropa hukumatlari tomonidan qabul qilingan xato qarorlardir. Bu YEIning bir yil avvalgi esankirab qolgani va harakatsizligiga qaraganda obroʻsiga qattiqroq taʼsir qiladi.
Situatsiya v Italii v svyazi s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2020
Analitika
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda
Bunday vaziyatlarda Sharqiy Yevropa davlatlarining mustaqilona xatti-harakatlarining urinishlari ramziy boʻlmoqda.  Ular, ravshanki, YEI tarkibida ikkinchi toifali ekanliklarini tushunib yetishmoqda. Shuningdek, koronavirus muammosi boʻyicha yordamni qolganlardan keyin tamoyili asosida olishlarini fahmlashmoqda. Natijada esa koʻp mamlakatlar ularning navbati qachon kelishini sabr bilan kutmay qoʻymoqda, buning oʻrniga Bryussel tomonidan sanktsiyalashtirilmagan faollikni namoyon eta boshlashyapti.
Brexit hamda Polsha va Vengriya hukumatlarining ishonchsizlik bilan qarashlari oʻsib borishi ortidan bu Yevropa Ittifoqi uchun yaxshi boʻlmagan ramz boʻlib koʻrinadi.
Qariyb olti yil ilgari Yevropa jonbozlik bilan oʻziga migratsiya inqirozini tashkillashtirgan edi. Hozirgacha u buning oqibatlarini hal qilolmayapti. Pandemiyaga qarshi kurashish Yevropa siyosatining yana bir yirik muvaffaqiyatsizligini taʼminladi.
Bryusselning oʻz muammolarini Yevropa demokratiyasi va birdamligiga putur yetkazayotgan tashqi dushmanlarining kirdikorlariga yoʻyishi, oʻz xatolarini qatʼiy tan olmasligi bular oxirgisi emasligini kafolatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala