https://oz.sputniknews-uz.com/20210303/Mehr-4-Afgonistondan-24-nafar-ozbekistonlik-qaytarildi-16120358.html
“Mehr-4”: Afgʻonistondan 24 nafar oʻzbekistonlik qaytarildi
“Mehr-4”: Afgʻonistondan 24 nafar oʻzbekistonlik qaytarildi
“Mehr-4” operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afgʻonistondan Oʻzbekistonga qaytarildi. Ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, Termiz tumanidagi davolash va... 03.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-03T17:53+0500
2021-03-03T17:53+0500
2021-03-03T17:58+0500
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/03/16120228_0:-1:1293:731_1920x0_80_0_0_faff3312103761f1cec423338173432c.jpg
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. “Mehr-4” operatsiyasi doirasida Afgʻonistondan 24 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.Taʼkidlanishicha, ular Afgʻoniston va Pokiston hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qoʻshilib qolishgan. Keyinchalik Afgʻoniston hududiga oʻtishgan va ushbu hududda yashashgan.Afgʻonistonning hamkor tashkilotlari koʻmagida olib kelingan ushbu shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olingan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, olib kelinganlardan 19 nafarini bolalar tashkil etmoqda, 4 nafar bola yetim. Ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi davolash va sogʻlomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan.Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda may oyida “Mehr-1” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 156 nafar oʻzbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriyadan qaytarilgan edi. Keyinchalik “Mehr-2" operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan 64 nafar oʻzbekistonlik bola mamlakatga olib kelindi. Oʻtgan yil dekabr oyida “Mehr-3” doirasida yana 98 nafar oʻzbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/03/16120228_31:-1:1193:731_1920x0_80_0_0_cc89b22dd7ec494c4166854e8750ae00.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
“Mehr-4”: Afgʻonistondan 24 nafar oʻzbekistonlik qaytarildi
17:53 03.03.2021 (yangilandi: 17:58 03.03.2021) “Mehr-4” operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afgʻonistondan Oʻzbekistonga qaytarildi. Ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, Termiz tumanidagi davolash va sogʻlomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. “Mehr-4” operatsiyasi doirasida Afgʻonistondan 24 nafar oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ular Afgʻoniston va Pokiston hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qoʻshilib qolishgan. Keyinchalik Afgʻoniston hududiga oʻtishgan va ushbu hududda yashashgan.
Afgʻonistonning hamkor tashkilotlari koʻmagida olib kelingan ushbu shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olingan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, olib kelinganlardan 19 nafarini bolalar tashkil etmoqda, 4 nafar bola yetim.
Ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi davolash va sogʻlomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda may oyida “Mehr-1” insonparvarlik operatsiyasi doirasida 156 nafar oʻzbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriyadan
qaytarilgan edi. Keyinchalik “Mehr-2" operatsiyasi amalga oshirilib, Iroqdan 64 nafar oʻzbekistonlik bola mamlakatga
olib kelindi. Oʻtgan yil dekabr oyida “Mehr-3” doirasida yana 98 nafar oʻzbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga
qaytarildi.