“Haqiqiy maxluq”: National Interest Rossiyaning T-90M tankini baholadi

© Sputnik / Pavel Gerasimov / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya v Leningradskoy oblasti
Voyennie ucheniya v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Amerikaning The National Interest nashri Rossiyaning T-90M tankini baholab, uni maxluq deb atadi. T-90M tanki T-90ning modernizatsiya qilingan namunasi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Amerikaning The National Interest nashri Rossiyaning T-90M tankini yuqori baholab, uni "kundan-kunga qirg‘in qiladigan qurolga aylanib borayotgan maxluq" deb atadi.
Material muallifi jurnalist Mark Episkopos ta’kidlashicha, T-90M - bu sinalgan T-90ning modernizatsiya qilingan namunasi, uning tuzilishi yanada takomillashtirildi. Masalan, tankning minorasi sezilarli darajada yangilandi, u yangi yong‘inni boshqarish tizimini, "Relikt" himoya komleksi bilan jihozlandi, takomillashgan to‘p va yanada kuchli dvigatelni oldi.
"Qisqasi, T-90M avvalgilariga qaraganda sezilarli darajada tezroq, yanada chidamli va ko‘p qirg‘in keltiradigan qurolga aylandi", - deydi The National Interest gazetasining sharhlovchisi.
Rossiya armiyasi T-90 va T-90A tanklar parklarini T-90M versiyasiga yangilashni rejalashtirmoqda. Episkoposning so‘zlariga ko‘ra, T-90 tanklarini modernizatsiya qilish T-14 “Armata” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
T-90M Ural transport muhandisligi konstruktorlik burosi tomonidan ishlab chiqilgan. Tank yaratuvchilarining fikriga ko‘ra, bu T-90 oilasidagi eng zamonaviy vosita va zamonaviy jangovar harakatlarga eng moslangan.
Yangiliklar lentasi
0