Navoiy viloyatida maktab yonida odamlar mitingga chiqishdi

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Shu kunning o‘zida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi G‘.Aliyev hamda tegishli mas’ullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni o‘rgangan.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Xatirchida norozi xalq bosh ko‘tardi" nomli videoga rasmiy munosabat bildirdi.
Mitinglar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2020
Miting va namoyishlar qayerda o‘tkazilishi mumkin?
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 1-mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan 9 maktab yonida ota-onalar tomonidan namoyish o‘tkazilgan. Odamlar yo‘lning qatnov qismiga chiqib olib, tegishli mutasaddilar yetib kelmagunga qadar mashinalar harakatini to‘sib qo‘yishgan.
Shu kunning o‘zida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi G‘.Aliyev hamda tegishli mas’ullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni o‘rgangan.
11 nafar ayol ӯz farzandlarini maktabga tayyorlov guruhlariga ( 0 sinflar) qӯyish uchun sinf xonalari yetishmaganligi tufayli shunday qilishganini ta’kidlashgan.
Muammolar joyida bartaraf etilib, sinf xonalar va o‘qituvchilar ajratilib, masala ijobiy hal etilgan.
Yangiliklar lentasi
0