Iqtisod

Qirgʻiziston neft va neft mahsulotlarini chetga olib chiqishni vaqtincha taqiqladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishSotrudniki avtozapravochnoy stantsii berut probu benzina
Sotrudniki avtozapravochnoy stantsii berut probu benzina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Neft va neft mahsulotlari ichki bozorida keskin yetishmaslikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilingan qarorni mamlakat bosh vaziri Ulukbek Maripov imzolagan.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi neft va neft mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) chegarasidan tashqariga olib chiqishni taqiqladi. Bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Neft va neft mahsulotlarini Qirgʻiz Respublikasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi chegarasidan tashqariga olib chiqishga (eksport qilish) vaqtincha taqiq joriy etilgan”, - deyilgan xabarda.
Neftyanaya kachalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiya
Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?
Taʼkidlanishicha, ushbu qaror neft va neft mahsulotlari ichki bozorida keskin yetishmaslikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilingan va uni mamlakat bosh vaziri Ulukbek Maripov imzolagan.
Tegishli mutasaddilarga neft mahsulotlarining noqonuniy olib chiqilishining oldini olish masʼulyati yuklatilgan.
Qaror jismoniy shaxslar Qirgʻiziston hududidan shaxsiy foydalanish uchun transport vositasida bakida olib chiqayotgan neft mahsulotlariga amal qilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston va Qirgʻiziston YEOIIga aʼzodir. Oʻzbekiston, Moldova va Kuba esa kuzatuvchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala