Rossiya

Rossiya TIV AQShni olov bilan oʻynashayotganidan ogohlantirdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Rossiya TIV AQShning Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalariga munosabat bildirib, uni “olov bilan oʻynamaslikka” chaqirdi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya TIV AQShning Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalarini “dushmanlarcha Rossiyaga qarshi hujum” deb atadi va Vashingtonni “olov bilan oʻynamaslikka” chaqirdi.
Avvalroq AQSH va Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniy bilan bogʻliq hodisa bahonasi bilan Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etgandi.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Dunyoda
Navalniy va uning yordamchilari muxolifat emas - Zaxarova
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bayonotida qayd etilishicha, Aleksey Navalniyning goʻyoki zaharlanishi asosida sanktsiya kiritish Rossiya ichki ishlariga oshkora aralashishda davom etish uchun bahona, xolos.
“Bunga chidab turmoqchi emasmiz. Oʻzaro munosbat tamoyilidan kelib chiqib,  simmetrik boʻlmasa ham bunga munosabat bildiramiz”, - dedi diplomat.
Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, “Rossiyaga sanktsiya yoki boshqa bosim yoʻli bilan biror bir narsani  zoʻrlab oʻtkazish umidlari avval ham chippakka chiqqan, hozir ham chippakka chiqadi”.
“Agar AQSH oqilona teng huquqli muloqotga tayyor boʻlmasa, bu ularning  tanlovi. Amerikaning sanktsiya ishqobozligidan qatʼi nazar, har qanday tajovuzkorlikka qarshi zarba berib, izchil va qatʼiy milliy manfaatlarimizni himoya qilishda davom etamiz. Hamkasblarimizni olov bilan oʻynamaslikka chaqiramiz”, - deyiladi Zaxarova bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala