Jamiyat

Toshqulov: Yunusobodda jasadi topilgan besh talabaning yaqinlariga moddiy yordam koʻrsatilgan

© Press-slujba Ministerstva vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya UzbekistanaMinistr vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzbekistana Abdukodir Toshkulov
Ministr vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Uzbekistana Abdukodir Toshkulov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Yunusobod tumanida oʻlik holda topilgan 5 nafar talabaning yaqinlariga moddiy, maʼnaviy yordam koʻrsatilganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida oʻlik holda topilgan 5 nafar talabaning yaqinlariga moddiy, maʼnaviy yordam koʻrsatilganini maʼlum qildi.
“Tergov-surishtiruv jarayonlari hali yakuniga yetmadi, sabablari toʻliq aniqlanmadi. Lekin barcha rektorlar janoza tadbirlarida qatnashib, marhumlarning ota-onalariga moddiy, maʼnaviy yordam, qolaversa, psixologik xizmat koʻrsatib, butun jamoasi bilan birga boʻldi. Bu noxush holatga rektorlar befarq emas, qatʼiy nazoratga olingan”, — dedi vazir Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan “Hukumat soati”da. Uning soʻzlaridan “Daryo” nashri iqtibos keltirgan.
Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida besh nafar talaba oʻlik holda topilgani haqida xabar berilgan edi. Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, jabrlanuvchilarning oʻlimi nomaʼlum moddadan oʻtkir zaharlanish natijasida yuz bergan. Hozir jinoiy ish ochilgan va u Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Ushbu fojiadan soʻng Oʻzbekistonda maxsus ishchi guruhlar tuzilishi va ular talabalar yashash sharoiti hamda harakatlanishini oʻrganishi maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala