Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Trans-afg‘on temir yo‘li: YeOII O‘zbekistonga yordam beradimi?

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishDvijeniya gruzovix poyezdov
Dvijeniya gruzovix poyezdov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisining yordamchisi Iya Malkina Trans-afg‘on temir yo‘lini qurilishi haqidagi savolga javob berdi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Transport-logistika salohiyatini amalga oshirish - ishtirok etuvchi mamlakatlarning geografik joylashuvi bilan bog‘liq holda, ittifoqning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Transport va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va mexanizmlar 2025-yil strategiyasiga kiritilgan.
Goar Barsegan, direktor departamenta razvitiya integratsii YeEK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII bilan qaysi sohalarda hamkorlik qiladi - ekspert
Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisining yordamchisi Iya Malkina brifing paytida Sputnik O‘zbekiston muxbirining savoliga javob berdi.
"2020 yilda ittifoq davlatlari orqali Osiyodan Yevropaga (va aksincha) yo‘naltirilgan temir yo‘l tranziti hajmi 60 foizga ko‘paydi, yuk-tashish samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Bu yo‘nalish istiqbollari va tartibli sa’y-harakatlar zarurligidan dalolat beradi" - dedi Malkina.
Shu sababli O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning taklifi YeIKning vazifalariga to‘liq mos keladi. Katta Yevrosiyoda transport aloqasi konsepsiyasini shakllantirish nuqtayi nazaridan.
Iya Malkinaning so‘zlariga ko‘ra, YeOII va O‘zbekiston uchun Trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi korxonalarning raqobatdoshligi va savdo samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Komissiya bu taklifni albatta O‘zbekiston tomoni bilan ishlab chiqadi, uni a’zo-davlatlar bilan amaliy ishlab chiqishda kerakli yordamni beradi.
Jeleznodorojnie puti sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydi: Sidiqov Trans-afg‘on temir yo‘li haqida
Malkina O‘zbekistonning tashabbusini mamnuniyat bilan qayd etib, kuzatuvchi-davlat sifatida respublika birinchi kunlardanoq aniq loyihalarni taklif qilgan holda integratsiya kun tartibida faol ishtirok etamoqda, deb ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YeOII davlatlariga Trans-afg‘on temir yo‘li qurilishiga qo‘shilishni taklif qilgandi.
2018 yil dekabrda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh va moliyaviy konsorsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yo‘li uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yo‘ldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin bo‘ladi.
Kelajakda temir yo‘li Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropagacha bo‘lgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0