Jamiyat

“UzAirways” Navroʻz bayrami arafasida 50 foizgacha chegirmalar joriy etadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Aviakompaniya 20-22 mart kunlari Navroʻz munosabati bilan mamlakat fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar beradi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2021 yil 20-22 mart kunlari Navroʻz bayramini nishonlash munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar eʼlon qilishini maʼlum qildi.
Quyidagilar chegirma bilan chipta olishlari mumkin:
- individual yoʻlovchilar uchun - 30%; 
- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, OOʻYU talabalari, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus oʻquv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
- oila  (2 va undan ortiq kishi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari boʻgan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari boʻlgan ona) uchun -50%;
- nafaqaxoʻrlar uchun - 50%; 
- nogironligi boʻlgan shaxslar uchun - 50%;
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;
- 1941-1945 yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va begʻubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%; 
- Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala