“UzAirways” Navro‘z bayrami arafasida 50 foizgacha chegirmalar joriy etadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya 20-22 mart kunlari Navro‘z munosabati bilan mamlakat fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar beradi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 20-22 mart kunlari Navro‘z bayramini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar e’lon qilishini ma’lum qildi.
Quyidagilar chegirma bilan chipta olishlari mumkin:
- individual yo‘lovchilar uchun - 30%; 
- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, OO‘Yu talabalari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralar tizimi maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
- oila  (2 va undan ortiq kishi, ya’ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘gan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ona) uchun -50%;
- nafaqaxo‘rlar uchun - 50%; 
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 50%;
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;
- 1941-1945 yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va beg‘ubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%; 
- Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%. 
Yangiliklar lentasi
0