Jirinovskiy Oʻzbekistonni Rossiya tarkibiga guberniya sifatida qoʻshishni taklif etdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPredsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy
Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
LDPR fraktsiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy MDH mamlakatlari Rossiyaga qay tariqa qoʻshilishlari mumkinligi va bu qanday yakun topishi haqida gapirdi
TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Jirinovskiyning aytishicha, sobiq sovet ittifoqi maydonidagi siyosatchilar sekin-asta MDHdan-da kuchliroq tuzilmani yaratishlari mumkin.
Rukovoditel fraktsii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vыstupayet na plenarnom zasedanii Gosdumы RF. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2020
Siyosat
"Respublikalarga oʻrin yoʻq": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi
"Govorit Moskva" radiostantsiyasi efirida u Rossiya va Belarus munosabatlari Ittifoqdosh davlatlar formatida olib borilishini aytib oʻtdi.
Xuddi shunday formatni Qirgʻiziston va Tojikistonga taklif etish mumkin, deb qoʻshimcha qildi siyosatchi.
"Sobiq sovet ittifoqining 14ta respublikalari uchun barcha muammolarni yechish, toʻliq xavfsizlik va zoʻr iqtisodiyotni taʼminlashning eng yaxshi yoʻli - bu Rossiya tarkibiga guberniya huquqi asosida kirishdir. Dushanbe guberniyasi, Bishkek gubeniyasi, Yerevan, Riga, Jitomir, Kiyev va boshqa guberniyalar tariqasida", - dedi Jirinovskiy.
Siyosatchi radio efir davomida 20 yil oldin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko unga Belarus Rossiya tarkibiga qoʻshilishga tayyorligi haqida aytganini eslagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala