Hodisalar

Quyi Novgoroddagi shov-shuvli hodisa: ayblanuvchi nega qotillikka qoʻl urgani aytildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Yigirma sakkizinchi fevral kuni Kudma poselkasida toʻrt kishi soʻyib ketilgan edi — erkak, ikki ayol va olti yashar bolakay.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Quyi Novgorodga yaqin poselkada kichik bolakay ham boʻlgan, toʻrt kishidan iborat oilani vahshiylarcha oʻldirganlikda ayblanayotgan shaxs ikki oyga hibsga olingan. Bu haqda RF regional TQ tergov boshqarmasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Podozrevayemыy v ubiystve semi iz 4-x chelovek dostavlen v SU SK Rossii po Nijegorodskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Video
Nijniy Novgorodda butun bir boshli oila oʻldirib ketildi: jinoyatda migrantlar gumonlanmoqda
RIA Novosti maʼlumotlariga koʻra, ayblanayotgan shaxs - 26 yashar Oʻzbekiston fuqarosi Sharofiddin Amirov.
U 2021 yilning 27 aprel sanasiga qadar hibsga olingan.
Ayblanuvchi boshqa davlat fuqarosi boʻlgani va ozodlikda yurib, yashirinishi mumkinligini inobatga olib, tergov qoʻmitasi hibsga olish chorasini qoʻllashni talab qilgan.
Amirovning oʻzi ham oʻz hayoti va sogʻligʻidan xavfsirayotgani tufayli bu choraga qarshi emasligini maʼlum qilgan.
Advokatning soʻzlariga koʻra, ushbu fojiaga himoyasidagi shaxsning "uzoq vaqt ogʻir ruhiyatni jarohatlovchi holatda boʻlgani" sabab boʻlgan. Goʻyoki unga juda kam maosh toʻlashgan va pasportini bermay kelishgan, oqibatda u vatanga qayta olmagan.
Tergovchining aytishicha, Amirovning oʻzi yuz bergan hodisa tafsilotlarini toʻliq soʻzlab bergan.

Tergov versiyasi

28 fevral kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Oka oldi tumani Kudma qishlogʻida oilada xizmatchi boʻlib ishlaydigan shaxs pichoq bilan garaj ichida 64 yashar pensionerga hamla qilgan, soʻngra, uyning ichida uning 63 yashar rafiqasiga tashlangan.