O‘zbekistonda 2020-yilda aholi daromadi keskin kamaygan - MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Respondentlarning 70 foizi 2020-yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Markaziy bank 2020-yilning IV choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. So‘rovda jami 5717 ta respondent ishtirok etgan.
Uzbekistan nameren sotrudnichat s Kitayem oblasti sokrasheniya bednosti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2020
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasini o‘rganadi
Respondentlarning 70 foizi 2020-yilda o‘z daromadlarining keskin kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, faqatgina 15 foizi daromadlarining oshganligini ma’lum qilgan.
Bunda, o‘tgan davrdagi iqtisodiy holatning yomonlashishi asosan respondentlarning kam daromadli qismiga sezilarli darajada
salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
65 foiz respondentlar kelgusi 12 oy davomida daromadlari oshishini ma’lum qilgan. Daromadlari o‘zgarishsiz qolishi yoki kamayishini kutayotgan aholi vakillari umumiy respondentlarning 20 foiziga teng bo‘ldi.
37,4 foiz respondentlar jamg‘armasi yo‘qligini ma’lum qilishgan.
23,6 foiz respondentlar agar daromad olish manbalarida uzilish bo‘lgan taqdirda jamg‘armalar o‘rtacha 1 oygacha yetadi deb javob bergan. 21,7 foiz respondentlar esa — 1−3 oygacha, 9 foizi — 3−6 oygacha yetadi deb javob bergan.
Markaziy bank sharhiga ko‘ra, o‘tgan 12 oy davomida oilaviy daromadi 3 mln so‘mgacha bo‘lgan respondentlar tomonidan "daromadlar keskin kamaydi" va "biroz kamaydi" degan javoblar ulushi boshqa daromadli guruhlarnikidan sezilarli darajada yuqorini tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0