Oʻzbekistonda Sputnik V vaktsinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Oʻzbekistonda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 80 ming nafardan oshdi.
TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda Sputnik V vaktsinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Botir Qurbonov maʼlumot berdi.
Vaktsina Sputnik-V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Jamiyat
"Sputnik V"ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda – Lavrov
Qurbonov Oʻzbekiston fuqarolaridan kelib tushgan: "Respublikada emlash jarayonlari qachon boshlanadi?", degan savolga javob berar ekan, Oʻzbekiston aholisining 20 foizini emlash uchun 2021 yil boshida vaktsinalarga buyurtma berilganini va Oʻzbekiston Respublikasiga mart oyining oʻrtalarida vaktsina bilan taʼminot yetib kelishi haqida maʼlum qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosarining aytishicha, Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan vaktsina boʻyicha ham RF bilan doimiy muzokaralar olib borilmoqda va Sputnik V vaktsinasi bilan Oʻzbekistonda emlash jarayonlarini mart oyida boshlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala