Abdulaziz Kamilov Belarus TIV rahbarining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Bugun, 4-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Guranovni qabul qildi.
Mujchini v kostumax i s portfelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston – Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Belarus tomoniga joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklifnoma topshirildi.
Uchrashuvda 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar rejasi imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0