Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Bu ish bermadi! AQSH demokratiyani deb, dunyodagi rejimlarni agʻdarmaydigan boʻldi

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteKapitoliy vo vremya podgotovki k inauguratsii v Vashingtone
Kapitoliy vo vremya podgotovki k inauguratsii v Vashingtone  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
AQSH Davlat kotibining taʼkidiga koʻra, Vashingtonning demokratiyani kuch bilan tiqishtirish boʻyicha harakatlari hech qanday kutilgan natijani bermadi
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. AQSH maʼmuriyati rejimlarni agʻdarish va harbiy interventsiyalarni amalga oshirish orqali boshqa davlatlarga demokratiyani kuch bilan tiqishtirish amaliyotidan voz kechadi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda brifing davomida xuddi shunday murojaat bilan chiqish qildi.
Na polyax sammita NATO v Bryussele. Rekadrirovannыy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Rossiya
Qrimga eʼtibor. Bayden davrida NATO rejalari qanday oʻzgarmoqda
Davlat departamenti rahbarining soʻzlariga koʻra, qimmatbaho harbiy interventsiyalar yoki avtoritar rejimlarni agʻdarishga urinish orqali demokratiyani ilgari surish istalgan natijalarni olib kelmadi.
"Biz qimmatbaho interventsiyalar yoki avtoritar rejimlarni kuch bilan agʻdarishga urinishlar orqali demokratiyani ilgari surishdan voz kechamiz. Biz bu taktikani oʻtmishda qoʻllashga urindik. Ammo istaklarimiz ezgu boʻlishiga qaramay, bu ish bermadi", - dedi Blinken.
Davlat kotibi bayonotiga koʻra, endilikda Vashington "bu ishni boshqacha amalga oshiradi".
Djo Bayden vstupil v doljnost prezidenta SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Siyosat
Jo Bayden qasamyodddan soʻng qator muhim oʻzgarishlarni amalga oshirdi
"Biz demokratiyani boshqa mamlakatlarga shaxsiy namuna koʻrsatgan holda ilgari suramiz, sheriklarimizni demokratik oʻzgarishlar uchun ragʻbatlantirib boramiz", - dedi u.
Financial Times nashrining yozishicha, prezident Jo Bayden administratsiyasi oldingi prezident Donald Trampning "yakkalashuv va millatchilik siyosatidan farq qiladigan yangi tashqi siyosatni" barpo etishga urinmoqda.
Bayden davridagi AQSH mamlakat boshqa davlatlar ishiga aralashib, oʻzini "global politsiyachi" sifatida tutyapti, degan ayblovlardan yiroq boʻlishga va dunyodagi yetakchi pozitsiyalarni saqlab qolishga harakat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala