Iqtisod

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishKorova
Korova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
2021 yil 1 iyuldan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga respublika byudjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 martdan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yoʻnalishidagi krediti boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlarga, ularning kredit boʻyicha qarzdorligi toʻliq qoplanmaguncha, yangi kreditlar boʻyicha jamgʻarmaning kafilligidan yana foydalanishga ruxsat beriladi.
Stado korov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2020
Jamiyat
Qoraqalpogʻistonda chorvachilik uchun auktsionsiz yer berilishi mumkin
2021 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha naslchilik subʼyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.
Tadbirkorlar tomonidan tegishli roʻyxatdagi tovarlar Oʻzbekistonga olib kirilganda ularni olib kirishda hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddati 180 kunga uzaytiriladi.
2021 yil 1 iyuldan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga respublika byudjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi.
Qarorga koʻra, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi markaziy apparatida Parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilib, bu boʻyicha Agentlik direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
2021 yil 1 aprelgacha quyidagilar uchun Hukumatning zaxira jamgʻarmasidan 3 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi:
- chorva mollari va parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish;
- parrandalar kasalliklari tashxisini qoʻyish boʻyicha laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala