Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga subsidiyalar ajratiladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishKorova
Korova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
2021 yil 1-iyuldan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga respublika budjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yo‘nalishidagi krediti bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlarga, ularning kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmaguncha, yangi kreditlar bo‘yicha jamg‘armaning kafilligidan yana foydalanishga ruxsat beriladi.
Stado korov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2020
Qoraqalpog‘istonda chorvachilik uchun auksionsiz yer berilishi mumkin
2021 yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Tadbirkorlar tomonidan tegishli ro‘yxatdagi tovarlar O‘zbekistonga olib kirilganda ularni olib kirishda hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddati 180 kunga uzaytiriladi.
2021 yil 1-iyuldan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga respublika budjetidan tegishli miqdorda subsidiya ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, “O‘zbekchorvanasl” agentligi markaziy apparatida Parrandachilik va quyonchilik sohalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilib, bu bo‘yicha Agentlik direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
2021 yil 1-aprelgacha quyidagilar uchun Hukumatning zaxira jamg‘armasidan 3 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi:
- chorva mollari va parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish;
- parrandalar kasalliklari tashxisini qo‘yish bo‘yicha laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
Yangiliklar lentasi
0