“Eski juva” bozorida qarindoshlar janjallashdi

© SputnikRinok "Eski juva" v Tashkente
Rinok Eski juva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Shayxontohur tumani IIO FMBga bir ayol murojaat qilib, bozorda u bilan janjallashgan va haqorat qilgan qarindoshi va uning o‘g‘liga nisbatna chora ko‘rishni so‘ragan.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayollar o‘rtasidagi janjal aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2020
Yunusoboddagi IIBB xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi janjal yuzasidan ma’lumot berildi
Ma’lum bo‘lishicha, 23-fevral kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 39 yoshli ayol Z.K. ariza bilan murojaat qilgan. Unda u bilan janjallashib, haqorat qilgan qarindoshlari 58 yoshli M.Sh. va uning o‘g‘li H.Sh.larga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 
Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va H.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozir hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0