Iqtisod

Fargʻona viloyatida elektroskuter ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishElektroskuter
Elektroskuter - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Yaqin ikki yillarda Fargʻona viloyatida toʻrtta zavodda elektroskuter, elektromotoroller, elektr motor va skuter ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. 2021-2022 yillarda Fargʻona viloyatida toʻrtta zavodda elektroskuter ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishva mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Barcha loyihalar xususiy va tashabbuskorlar mablagʻi evaziga amalga oshiriladi. Loyihalardan uchtasi “Qoʻqon”erkin iqtisodiy zonasida boʻladi.
  • “Bicycle Tranding Invest” yiliga 4,5 ming dona elektroskuter ishlab chiqarilishiga 1,5 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2021 yil noyabr oyiga moʻljallangan.
  • “Stroy Plast” yiliga 1,5 ming dona elektroskuter, 1,5 ming dona elektromotoroller va 500 dona velosiped ishlab chiqarishga 505 ming dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2022 yil mart oyiga rejalashtirilgan.
  • “Velomaks” yiliga 20 ming dona elektroskuter ishlab chiqarishga 4 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2021 yil noyabr oyiga moʻljallangan.
Yana bir loyiha Uchkoʻprik tumanida rejalashtirilgan. “Technoworld” 2 ming dona elektr motor va skuter ishlab chiqarishga 2,2 mln dollar sarmoya kiritadi. Ishga tushirish muddati 2022 yil iyun oyiga rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala