Feyklar fabrikasi va uning haqiqiy egalari

© AFP 2021 / ANP/Piroschka van de WouwOsnovatel veb-sayta Bellingcat Eliot Xiggins
Osnovatel veb-sayta Bellingcat Eliot Xiggins - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda Bellingcat axborot agentligi tez-tez esga olinmoqda. OAVda agentlik tashkilotchisi sifatida tilga olinadigan "Elliot Xiggins" kitob chop etdi. Uning sherigi "Xristo Grozev" yoki "Moris Rakushiskiy" (ikkalasi ham bitta odam) yangi fosh etishlarni va’da bergan.
Viktoriya Nikiforova
Ushbu fosh etishlar bahosi esa allaqachon ma’lum — Donbassda urib tushirilgan Boing, Gutadagi kimoviy hujum, Skripallar va Navalniyning zaharlanishi haqidagi feyklar mualliflari hech qachon haqiqatni aytish uchun o‘zlarini qiynamaganlar.
Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2020
Vaksina va maymunlar: "Rossiya feyki" haqida britaniya feyki
Bu uydirmalar haqida jiddiy gapirish mumkin emas — uni jurnalistik surishtiruv janriga kompromat deb atash mumkin, hatto. Ammo Bellingcat agentligining dunyoga kelishi tarixi ancha qiziq. Ushbu feyklar fabrikasi qay tariqa yuzaga kelgan?
2010-yilning boshida Afg‘onistondagi amerika harbiy razvedkasi boshlig‘i Maykl Flinn "Razvedka qanday sozlanadi?" mavzusida juda qiziq dokladni e’lon qiladi.
Partizanlar urushi o‘z chaqiriqlarini ilgari surar va beso‘naqay razvedtuzilmalar ularni eplay olmay qolgan edi. Flinn hammualliflar bilan birgalikda o‘z hamkasblariga ma’lumot berishni istaganlarning barchasidan - xoh u mahalliy aholi bo‘lsin, xoh jurnalistlar, NNT vakillari yoki ayollar tashkilotlari bo‘ladimi yoxud BMT xodimlari, yo faollar - xullas, hamma-hammadan ma’lumotlar olishni taklif qildi.
Ma’lumotlarni faqatgina harbiy mavzudagina emas, balki mamlakatda ro‘y berayotgan barcha holatlar haqida to‘plash talab qilinayotgan edi. Yo‘l-yo‘lakay mavjud sirlarni fosh qilish, to‘plangan axborotlarni NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar, jurnalistlar, NNTlar va barcha-barchaga taqdim etish rejalashtirilgandi.
Rossiya TIVning antifeyk loyihasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2020
Feyk xabar aql bilan emas his-tuyg‘u ta’sirida harakat qilishga undaydi – MDU professori
To‘g‘ri formatlangan va uzatilgan axborot qurolga aylanardi. U mahalliy aholiga okkupantlar ular haqida qanday qayg‘urayotganligini ko‘rsatar va xalqni partizanlardan uzoqlashtirardi. Chetdan qaraganda esa Yaqin Sharqqa qonun va tartibni olib kelgan amerika demokratiyasining yorqin obrazini namoyish etishga imkon berardi.
Ma’lumotlarni maxsus tanlab olingan tahlilchilar saralashlari kerak edi — Flinn "eng iqtidorli va ochlarni" tanlab olishni maslahat beradi. Ular barcha ikir-chikirlarga e’tiborli bo‘lishlari, geolokatsiya va ochiq manbalar bilan ishlay olishlari kerak edi. Ma’ruza yakunida mualliflar amerika razvedkasi veterani Semuel Uilsondan iqtibos keltirganlar: "Ma’lumotlarning 90 foizi, - degan AQSh Mudofaa vazirligi Razvedka boshqarmasining sobiq rahbari - ochiq manbalardan keladi. <…> Razvedkaning haqiqiy qahramoni — Jeyms Bond emas, balki Sherlok Xolmsdir".
Taxminan xuddi shu vaqtda Britaniya armiyasi zobiti Bob Sili Afg‘onistonda xizmat olib borardi. Ingliz nashrlarida ular razvedkachilar sifatida tilga olinadi, ammo bunga dalillar keltirilmagan hech qachon. Ehtimol, 2008-yildan 2017-yilgacha Iroq, Afg‘oniston, Liviya va Suriyada Bob Sili chindan ham boshqa narsalar bilan shug‘ullangandir.
Nima bo‘lganda ham, mana bugun taniqli siyosatchiga aylangandan so‘ng ham Sili o‘zini Shtirlis kabi tutishda davom etmoqda. U o‘z yaqinlari, ota-onasi yoki sirli rafiqasi aks etgan bironta fotosuratni hech qachon e’lon qilmagan. Perlar kitobida "Nata Rasimas" sifatida tilga olingan bo‘lsa-da, ammo axborot maydonida u haqda hech qanday ma’lumot mavjud emas. Sili hamma joyda yakka o‘zi ko‘rinish beradi, ha aytgancha, u bachabozlar huquqlarining ashaddiy himoyachilaridan biri sifatida ham nom qozongan.
Vrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2020
Kreml COVID-19 bo‘yicha dezinformatsiya tarqatishda Rossiyaga qarshi ayblovlarga javob berdi
Uning tarjimai holi avvalgidek katta qiziqish uyg‘otib keladi. Silining oilasi bir asr oldin Angliyaning eng badavlat oliy martabali oilalaridan biri bo‘lgan. Uning nasl-nasabi tarixi huddi doston singari o‘qiladi - undan baron-u baronetalar, gubernatorlar, vazirlar, parlament a’zolari o‘rin olgan. O‘g‘illarining hammasi Xerrouda o‘qigan, goh Uinston Cherchill, goh shahzoda Filipp ularning cho‘qintirgan otasiga aylanishadi. Sililar oilasi yaqinda taniqli aktor - mashhur aslzoda - Benedikt Kamberbatch bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘ladi. Uayt orolidagi eng yirik yer egasi sifatida mahalliy aholi 2017-yilda Silini parlamentga sayladi - bu oilaviy an’analardan biri sanaladi. U yerda konservatorlardan deputat bo‘lgan Sili Rossiyaga qarshi agressiv kun tartibi targ‘iboti bilan shug‘ullanmoqda.
1990 yillar boshida Xerrouni tamomlagan Bob Sili sobiq sovet ittifoqi hududida stringer sifatida faoliyat yuritgan. U Kiyev, Tiraspol, Chechenistondan reportajlar tayyorlardi. Uning asosiy ish beruvchisi The Times nashri edi.
“Sputnik V” o‘z samaradorligini isbotladi. Nima uchun G‘arb unga qarshi axborot urushini olib bormoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Nima uchun G‘arb Rossiya vaksinasiga qarshi axborot urushini olib bormoqda?
2012 yillar boshida internet makonida "Qoramag‘iz Moisey" (Brown Mozes) blogi paydo bo‘ladi. Bu Frenk Zappa qo‘shig‘i nomi edi. Sili rok-musiqani yaxshi ko‘radi, ma’lum vaqt Britaniya MTV sida ishlagan va gitarani qoyilmaqom chala oladi.
Keyinchalik "Qoramag‘iz Moisey"ni OAV "eng zo‘r bloger" deya ataydi, aslida esa uning yozganlarini o‘qib bo‘lmaydi. Bu shunchaki gazetalarda chiqqan o‘zga mualliflar maqolalari asosida to‘qilgan narsalar edi - zerikarli, biroqlama va bachkana.
Avvaliga "Moisey" Rupert Merdokning News Corporation nidan shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq janjalni yoritadi. O‘shanda jamoatchilikda avstraliyalik mediamagnatga maxsus xizmatlarning poraxo‘r xodimlari ishlagan, degan jiddiy gumonlar paydo bo‘lgan. "Moisey" blogi esa mushtariylarni bu mavzudan astoydil uzoqlashtirishga intilar, barcha ishoralarni Skotlend-Yardga burar edi. Ammo hech kim bu materiallarni o‘qimasdi. "Zo‘r bloger" o‘z auditoriyasidan nari borsa ikkita izoh olishi mumkin edi.
G‘arb Rossiyani yolg‘on xabar va statistikani yashirishda ayblamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2020
G‘arb Rossiyani yolg‘on xabar va statistikani yashirishda ayblamoqda
Oradan vaqt o‘tib "Moisey" Suriya mavzusiga qiziqib qoladi. Noma’lum bloger, aftidan, Flin dokladidagi "iqtidorli va och" analitik qilishi lozim bo‘lgan ishlarni qilardi. U Suriyadan YouTube ga yuklangan videolarni ko‘rib chiqib, ularni mos sarlavhalar bilan nomlagan holda taqdim etadi. Masalan: "Shrapnel (artilleriya quroli turi)dan o‘q yegan 12 taga yaqin go‘daklar jasadi" singari.
Ammo bloger ma’lumotlarni tahlil qilmaydi, balki barchasini javobga yaqin olib keladi. U Xuladagi fojiada shak-shubhasiz Suriya hukumatini ayblaydi, garchi keyingi tergov ishlari ommaviy qotilliklar jangarilar tomonidan sodir etilganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bu hech qanday razvedka emas, balki tozalangan propagandaning o‘zi edi.
Mana shu yerda The New York Times muxbiri, sobiq dengiz piyoda askari, bir vaqtlar gazetaning Moskva burosiga rahbarlik qilgan Si Jey Chivers uni "kashf qiladi" va jamoatchilikka tanishtiradi. U Xorvatiyadan Suriyaga qurol eksporti to‘g‘risidagi surishtiruvlarni chop etadi. Uning maqolasida ta’kidlanishicha, materiallar "Qoramag‘iz Moisey" taxallusi ostida ijod qiladigan bloger tomonidan taqdim etilgan. Aslida esa uning ismi "Eliot Xiggins"dir.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
G‘arb sanksiyalar uchun doim bahona topadi – Zaxarova
Britaniya va amerika OAVlari zavq-shafq bilan Elliot Xigginsni mashhur qilishga kirishib ketadilar. "Kamtar ko‘zoynakli yigit", "ziyoli botanik", "gik" — va shu bilan birga u suriya rejimining "jinoyatlarini" fosh etadi. Ismi mashhur shoirnikiga uyg‘un, familiyasi esa "Pigmalion" qahramoni Shounikidek — tez yodga qoladigan. Ammo Xiggins OAVlarda mana sakkiz yildan beri tushmay kelayotgan bo‘lsa-da, uning ota-onasi haqida hech narsa ma’lum emas.
Shunday qilib, uning ismi va familiyasi osonlikcha o‘ylab topilgan bo‘lishi mumkin — sheriklarimiz yaxshi ko‘rib aytadigan bir gap borku - highly likely.
Aslida uning Lesterda turk-rafiqasi va ikki farzandi bilan yashashi haqida hech qanday dalil yo‘q. Agar u kun-u tun YouTube da o‘tirgan bo‘lsa, qanday qilib pul ishlagani umuman tushunarsiz. Ipotekaga olingan uyi va yashash harajatlarini kim qoplagan - nahot, pochta bo‘limida ishlab, qo‘shimcha pul topgan rafiqasi? Eng asosiysi, oliy ta’lim maskanini o‘qib bitirolmagan, barcha ish joylaridan haydalgan, hech qanday chet tillarini bilmagan, armiyada xizmat qilmagan va o‘zining iqrori bo‘yicha "qurollarni  X-Box-o‘yinchisidan yaxshiroq bilmaydigan" bu talaba qanday qilib to‘satdan professional harbiy tahlilchiga aylanib qoldi?
Ko‘p narsalarni Xigginsning o‘zi ham tushuntira olmasdi. 2013-yilda unga xayrixohlik bildiradigan "Nyu-Yorker" muxbiri undan nega o‘z blogi uchun bunday nom tanlaganini so‘raydi. "Tasodifan", - deydi bu savolga javoban bloger.
Bellingcat agentligini Xigginsning nomiga o‘tkazishadi, unda barcha yangi Rossiyaga qarshi "fosh etishlar" e’lon qilina boshlaydi. Ammo ularning hech biri dalillar bilan asoslanmagan edi. Ammo har bir maqola Rossiyaga qarshi axborot hurujlari va navbatdagi sanksiyalar uchun asos bo‘la olgan.
VOZ zainteresovalas rossiyskoy vaksinoy ot SOVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2020
G‘arb "putin sinov cho‘chqachalari"dan xavotir olmoqda
Bu vaqt oralig‘ida Bob Sili mashhur siyosatchiga va obro‘li harbiy tahlilchiga aylandi. Parlamentariy tobora jangovar ruhdagi harbiy matnlarni to‘qimoqda. Brexit dan so‘ng, uning fikri bo‘yicha Britaniya "globallashishi" kutilmoqda - ya’ni shundan keyin u o‘z boshqaruvini barcha "sheriklarga" o‘tkaza oladi. Britaniyaning asosiy dushmani roliga Sili Rossiyani tayinlagan. U o‘zining barcha qo‘rquvlarini bizning mamlakatimizga proyeksiyalagan — goh Rossiya o‘zining josuslarini yuboradi, goh dezinformatsiya bilan shug‘ullanadi, goh "bizga qarshi uchinchi jahon urushini olib boradi va g‘olib chiqadi!".
"Tajovuzkor Rossiyada himoyalanishning o‘nta usuli", "Rossiyaning G‘arbga qarshi gibrid urushda qo‘llagan ellikta instrumenti" - Silining rus mavzusidagi fiksatsiyasi mana shunday nosog‘lom ko‘rinish kasb etadi. Ehtimol, 90-yillarda, sobiq Sovet ittifoqi makonida u bilan nimadir ro‘y bergan bo‘lsa kerak.
Harbiy analitik sifatida u "nokonvensial urush" - ya’ni, dezinformatsiya, propaganda, fitna, ijtimoiy tarmoqlardagi faol tadbirlar mavzulari ustida ishlaydi. Bellingcat ham axborot makonida xuddi shunday ishlar bilan shug‘ullanadi.
2018 yilda Sili siyosiy kaming-autni amalga oshiradi. U Bellingcat uchun parlamentda Skripallar voqeasi bo‘yicha "matbuot-anjumani" o‘tkazadi. "Mana, zamonamizning Sherlok Xolmslari, — deya tanishtiradi u hamkasblarga Xiggins va Grozevni - ularning raqamli detektiv surishtiruvlari shunchaki noyob".
Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2020
Tashviqot yangilikka qarshi: G‘arb matbuoti nima sababdan yutqazmoqda
O‘sha vaqtdan buyon parlamentariy ochiqchasiga Bellingcat ning ma’nan rahnamosiga aylangan. U Eliot Xigginsni Atlantik kengash va Genri Jekson kembrij hamjamiyatiga olib kirdi — eng agressiv rusofob analitik markazlarga. "Lesterlik gik" va Uayt orolidagi aslzodani qanday munosabatlar bog‘lab turishini Xudo biladi, ammo ularni Rossiyaga qarshi nafrat hammasidan ham ko‘ra kuchliroq birlashtirishi aniq.
Bob Silining eng yorqin ajdodlaridan biri Mottistounning birinchi baroni, bir umr Cherchill bilan do‘st bo‘lgan va mamlakatda yuqori lavozimlarni egallagan general Jon Sili, Germaniyaga borib kelgach, furerga maftun bo‘lib qoladi: "Janob Gitler, — deya hikoya qilgan u qaytib kelgach Angliya perlariga — mutlaqo to‘g‘riso‘z, samimiy va xudbin emas". Ehtimol, Gitlerning "Drax nax Osten" g‘oyasi Siliga meros tariqasida o‘tgandir.
Vid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storoni parka Zaradye v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2019
Rossiyada G‘arbni nega yaxshi ko‘rishmaydi?
Bellingcat bo‘yicha uning sherigi sirli mediamenejer Xristo Grozevning patroni ham bizning mamlakatga nisbatan iliq tuyg‘ularni tuymaydi. Grozev bir umr do‘stlashib kelgan Karl Gabsburg-Lotaringskiy hanuzgacha ajdodlari mulklarini yo‘qotib qo‘yganidan o‘ziga kelolgan emas. Gabsburglar uyiga rahbar bo‘lgach, u o‘zining otasidan farqli o‘laroq, imperiya yerlariga bo‘lgan huquqdan voz kechmagan. U uchun sobiq sovet ittifoqi maydoni — bu boy berilgan otameros mulkdir. Aytgancha, Gabsburgning rafiqasi Francheska Tissen — Gitlerning hukumatga kelishi va uning qurol-aslahalarini saxiylik bilan moliyalashtirgan afsonaviy nemis sanoatchisining nabirasidir.
G‘arbning elita oilalari klanlari uchun Rossiya atrofidagi hududlar limitroflari - bu shunchaki egasiz yerlar, ovchilar makonidir. Mahalliy aholi ham - taraqqiy etganligi yoki qoloqligidan qat’i nazar - shunchaki flora va fauna ko‘rinishlaridan biri. Bellingcat singari instrumentlar esa — gibrid urush uchun ideal qurol hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0