IHT 14 sammiti: Shavkat Mirziyoyev sheriklarga qanday takliflar bildiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda 10 ta davlat IHTga a’zo. Bular – O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‘oniston
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni videoanjuman shaklida o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 14-sammiti ishida ishtirok etadi.
O‘zbekistonning RFdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifing - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2016
Ta’lim, texnologiyalar va xavfsizlik: O‘zbekistonning IHTdagi ustuvor yo‘nalishlari
Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida o‘tadigan uchrashuvi kun tartibidan COVID-19 dan keyingi davrda mintaqada amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida mintaqaviy sheriklikni kengaytirish istiqbollari borasidagi fikr-mulohazalarini bayon etadi.
Shuningdek, pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish, savdo aloqalarini tiklash, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, transport va logistika, oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, "yashil" iqtisodiyot va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surishi kutilmoqda.
Iyad bin Amin MADANI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2016
IHT bosh kotibi noo‘rin hazil tufayli iste’foga chiqdi
1985 yilda tashkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bugungi kunda nufuzli mintaqaviy birlashma hisoblanadi. Ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning asosiy maqsadi savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va sanoat kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Bugungi kunda 10 ta davlat IHTga a’zo. Bular – O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‘oniston.
Yangiliklar lentasi
0