Siyosat

Mirziyoyev bir guruh ayollarni bayram munosabati bilan taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil Uzbekistan s Dnem konstitutsii
Shavkat Mirziyoyev pozdravil Uzbekistan s Dnem konstitutsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Prezident 8 mart bayrami arafasida bir guruh ayollarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida aktrisalar Gavhar Zokirova va Lola Eltoyeva ham bor.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2018
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimiz baxtidir
Ular mamlakatda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotganlari uchun ushbu mukofotlarga loyiq koʻrilgan.
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Farida Abdurahimova, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi  Oral Ataniyazova taqdirlangan.
"Saodat" jurnali bosh muharriri Munavvarxon Usmonova "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Toʻrt kishi "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan. Ular orasida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Gavhar Zokirova ham bor.
24 kishi "Mehnat shuhrati" ordeniga loyiq koʻrilgan. Ular orasida Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Zulayho Mahkamova ham bor.
"Doʻstlik" ordeniga 31 kishi munosib koʻrilgan. Taqdirlanganlar orasida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Lola Eltayeva ham bor.
7 kishi II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni, yana 7 kishi II darajali "Salomatlik" ordeni, 4 kishi "Sogʻlom turmush" medali, 4 kishi "Sodiq xizmatlari uchun" medali, 9 kishi "Kelajak bunyodkori" medali bilan, 33 kishi "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Quyida taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala