Rossiya

Rossiya Oʻzbekistonning 6ta kompaniyasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishPomidorы na prilavke
Pomidorы na prilavke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Rossiya Oʻzbekiston Respublikasidan pomidor olib kirishga qoʻyilgan taqiqni qisman bekor qildi - roʻyxat.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan pomidor importiga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlarni qisman bekor qildi.
“Qaror Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasining kafolati bilan, shuningdek, mazkur kompaniyalar mahsulotlarida pomidor jigarrang bujmayish virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) yoʻqligini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan laboratoriya tekshiruvlari natijalari asosida qabul qilindi” - deyilgan Rosselxoznadzor bayonotida.
Oltita korxonaga Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor olib kirishga ruxsat berildi:
"Taraqqiyot sari servis";
"Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest";
"Saidazimxon";
"Zarafshon grand bolgari";
KARMANA AGROTRADING;
"Maftunkor Bahor".
Ulardan uchtasi Qashqardaryo, uchtasi – Navoiy viloyatida joylashgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 11 dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq joriy etgandi. “Sunny Land Export” MCHJ  ishlab chiqaruvchisi tomonidan Rossiya hududiga olib kirilgan pomidorlarda pomidor jigarrang burushiqlik (ToBRFV) virusi aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala