Siyosat

Putinning yana bir saroyi: Rossiya prezidenti oʻz koʻchmas mulki haqida hazil qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning Gelenjikdagi "qasri" haqida suratga olingan shov-shuvli film mavzusida hazil qildi
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin volontyorlar bilan videoaloqa orqali muloqot davomida Gelenjikda qurilishi olib borilayotgan "saroy" mavzusida hazil qildi.
Videooperator - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2021
Rossiya
“Putin qasri” koʻrinishi qanday? – reportaj
Sal avval bloger Aleksey Navalnыy oʻzining Youtube-kanalida surishtiruv eʼlon qilgan va unda qasr davlat rahbarining shaxsiy mulki sifatida taqdim etilgan edi.
Oʻz navbatida, prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov "saroy" bir yoki bir necha tadbirkorlarga tegishliligini qayd etib, Kreml ularning ismini oshkor qila olmasligini aytgandi.
Xususan, volonterlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va ayni vaqtda Leningrad viloyatida, Strelnada ikki kilometr masofada boʻlib turgan qiz bilan muloqot davomida Putin oʻz nomi bilan bogʻlanayotgan qasr haqida hazil qildi.
Davlat rahbari volontyor qiz kichikroq ikki qavatli uy fonida turganini koʻrib, inshootning "saroy" bilan oʻxshashligini qayd etdi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchaщimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Rossiya
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
"Xuddi yana bir qasrdek koʻrinyapti, shunday ekan, kelaman. Faqat uni mening nomim bilan bogʻlamang, kelishdikmi?", - deya hazillashdi Putin.
Sal avval Rossiya prezidenti Gelenjikda qurilayotgan saroy haqidagi filmni vaqti ziqligi tufayli koʻrmaganini aytgan edi. Ammo yordamchilari kadrlarni unga koʻrsatishganini qoʻshimcha qildi.
Oʻz navbatida, "saroy"ni qurayotgan firma u mehmonxona sifatida qurilayotganini maʼlum qilgan.
Uning aytishicha, shu joyda "juda badavlat odamlar uchun otel" barpo etiladi, inshoot Sochidagi "Rodina" butik-oteli koʻrinishida boʻladi.
Qurilish ishlari olib borilayotganiga oʻn yil boʻlgan, obʼyekt bir necha marta qayta sotilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala