"Rospotrebnadzor" Oʻzbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining oʻzgarishini oʻrganadi

© RospotrebnadzorV Rossii pokazali pervыy v mire snimok britanskogo shtamma COVID-19
V Rossii pokazali pervыy v mire snimok britanskogo shtamma COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarining bir qismi tariqasida sanitariya-epidemiologiya standartlarini uygʻunlashtirish va laboratoriya bazalarini takomillashtirish hamkorlikning eng muhim yoʻnalishlaridan biri ekani sanab oʻtilgan
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. "Rospotrebnadzor" Oʻzbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining oʻzgarishini oʻrganish bilan shugʻullanadi, bu haqda "Rospotrebnadzor" rahbari Anna Popovaning Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida aytildi.
Rossiyskiye vaktsinы ot COVID-19 budut effektivnы protiv novogo shtamma - Popova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2020
Video
Rossiya vaktsinalari yangi shtammga qarshi samarador — Rospotrebnadzor
Muzokaralarning asosiy mavzusi yuqumli kasalliklar, shu jumladan yangi koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qilish boʻldi. Rossiya va Oʻzbekiston umumiy yuqumli tahdidlarga duch kelmoqda, shuning uchun ham aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini taʼminlash boʻyicha umumiy yondashuvlarni shakllantirish mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda alohida ahamiyatga ega.
Rabota medikov s bolnыmi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi
Oʻzbekiston tomoni mamlakat uchun eng qiyin boʻlgan koronavirus pandemiyasi davrida yordam koʻrsatgani uchun "Rospotrebnadzor"ga minnatdorchilik bildirgan.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda aylanib yurgan yangi koronavirus virusi shtammidagi oʻzgarishlarni birgalikda oʻrganish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining COVID-19ga qarshi immunitetini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Hamkorlikni rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari qatorida tomonlar Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi sogʻligʻini saqlash xizmatlarining salohiyatini oshirishni, shuningdek Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarining bir qismi tariqasida sanitariya-epidemiologiya standartlarini uygʻunlashtirish va laboratoriya bazalarini takomillashtirish boʻyicha maslahat yordamlarini berishni sanab oʻtganlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala