Siyosat

Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi sanasi ochiqlandi

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Oʻzbekiston Sadir Japarov Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajarishga kirishgandan soʻng safar qilgan uchinchi xorijiy davlat boʻladi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirgʻiziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Prezident keyingi tashrifni Oʻzbekistonga amalga oshirmoqchi. Taxminan 11-12 mart kunlari”, - dedi Kazakbayev. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vazirning soʻzlariga koʻra, Japarov Xitoy, Tojikiston va Turkmanistonga ham safar qilishni rejalashtirmoqda. Avvalroq u Rossiya va Qozogʻistonda rasmiy tashrif bilan boʻlgandi.
Sadir Japarov 10 yanvar kuni boʻlib oʻtgan muddatidan oldingi saylovlar yakuniga koʻra Qirgʻiziston prezidenti lavozimini egalladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq  Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala