Jamiyat

“Tashmore”da oilaviy dam olish maskani bunyod etiladi

© Sputnik / StringerOtdыx na Tashmore
Otdыx na Tashmore - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Xitoylik investorlar yordamida "Toshkent dengizi"da 7 gektar maydonda dam olish maskani, Qibray tumanida esa 36 gektar maydonda ekoturizm maskani quriladi.
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov xitoylik investor - "LINYI INVESTMENT GROUP" kompaniyasi rahbari Chen Min Chi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida bilan uchrashuvda 3ta istiqbolli loyihalarni muhokama qildi. Ulardan ikkitasi turizm sohasida va yana bittasi qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi.  
Birinchi loyiha - Oʻrta Chirchiq tumani hududida joylashgan, xalq tilida “Tashmore”, yaʼni “Toshkent dengizi” deb ataluvchi Tuyaboʻgʻiz suvomborida tashkil etilishi koʻzda tutilgan dam olish maskani qurish loyihasidir. Yetti gektar maydonda bunyod etilishi koʻzda tutilgan maskanda mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega sharoit yaratiladi. Mazkur loyihaning birinchi bosqichida 2,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi koʻzda tutilgan boʻlib, 100 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi.
Suv omborining atrofi yozning chillasida oilaviy dam olib, hordiq chiqarish uchun juda qulay. Unda sayyohlar uchun ekoturlar, suv sporti bilan shugʻullanish uchun sharoit yaratish rejalashtirgan.
Shuningdek, Qibray tumanidagi 36 gektar bogʻda ekoturizm loyihasini ishga tushirish yuzasidan takliflar bildirildi. Ekspertlar fikricha, hozirda ekoturizm dunyoda eng serdaromad sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qibray tumaning Chinobod hududida amalga oshiriladigan ushbu loyihaning qiymati 1 million AQSH dollari miqdorida boʻlib, 50 ta ish oʻrni yaratilishi belgilangan.
Uchinchi loyiha - Yuqori Chirchiq tumanida gazobeton qurilish materiali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasi ham muhokama qilindi. Xitoylik investor Chen Min Chi tashabbusi bilan "Guding INVEST" kompaniyasi tuzilgan boʻlib, 2 gektar maydonda qurilishi koʻzda tutilgan loyihani ushbu kompaniya amalga oshiradi. Gazabeton ishlab chiqarish zavodiga 6 million dollar miqdorida investitsiya kiritilishi koʻzda tutilgan. Shularning 4 millioni bank krediti mablagʻiga toʻgʻri keladi.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala