“Tashmore”da oilaviy dam olish maskani bunyod etiladi

© Sputnik / StringerOtdix na Tashmore
Otdix na Tashmore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Xitoylik investorlar yordamida "Toshkent dengizi"da 7 gektar maydonda dam olish maskani, Qibray tumanida esa 36 gektar maydonda ekoturizm maskani quriladi.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov xitoylik investor - "LINYI INVESTMENT GROUP" kompaniyasi rahbari Chen Min Chi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bilan uchrashuvda 3ta istiqbolli loyihalarni muhokama qildi. Ulardan ikkitasi turizm sohasida va yana bittasi qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi.  
Birinchi loyiha - O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan, xalq tilida “Tashmore”, ya’ni “Toshkent dengizi” deb ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suvomborida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan dam olish maskani qurish loyihasidir. Yetti gektar maydonda bunyod etilishi ko‘zda tutilgan maskanda mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega sharoit yaratiladi. Mazkur loyihaning birinchi bosqichida 2,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 100 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Suv omborining atrofi yozning chillasida oilaviy dam olib, hordiq chiqarish uchun juda qulay. Unda sayyohlar uchun ekoturlar, suv sporti bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish rejalashtirgan.
Shuningdek, Qibray tumanidagi 36 gektar bog‘da ekoturizm loyihasini ishga tushirish yuzasidan takliflar bildirildi. Ekspertlar fikricha, hozirda ekoturizm dunyoda eng serdaromad sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish ekologik muammolarni bartaraf qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qibray tumaning Chinobod hududida amalga oshiriladigan ushbu loyihaning qiymati 1 million AQSh dollari miqdorida bo‘lib, 50 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Uchinchi loyiha - Yuqori Chirchiq tumanida gazobeton qurilish materiali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi ham muhokama qilindi. Xitoylik investor Chen Min Chi tashabbusi bilan "Guding INVEST" kompaniyasi tuzilgan bo‘lib, 2 gektar maydonda qurilishi ko‘zda tutilgan loyihani ushbu kompaniya amalga oshiradi. Gazabeton ishlab chiqarish zavodiga 6 million dollar miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shularning 4 millioni bank krediti mablag‘iga to‘g‘ri keladi.
 
Yangiliklar lentasi
0