Migratsiya

Toshkentda Rossiya Migratsiya markazi mart oyida ochilishi mumkin

© Press-slujba MMTS MoskvыMnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr g. Moskvы
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr g. Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Oʻzbekistonda "Moskva koʻpfunktsiyali migratsiya markazining" vakolatxonasi mart oyi oʻrtalarida ochilishi mumkin - mehnat vazirligi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiya Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati hamda Koʻp funktsiyali migratsiya markazlarining vakolatxonasi mart oyida ochilishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston Mehnat vaziri oʻrinbosari Erkin Muhitdinov RIA Novostiga xabar qildi.
"Rossiya IIVning pasport-viza xizmati xodimlari allaqachon shu yerda. Hozir ushbu vakolatxona ochishning ayrim qonuniy masalalari hal qilinmoqda. Bizning rejamiz boʻyicha ushbu ishlar mart oyida tugatilishi kerak", - dedi Muhitdinov. 
Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun Rossiya tomon pasport-viza qonunchiligining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish kiritishi kerak.  
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya IIV huzuridagi "Pasport-viza xizmati" Federal davlat unitar korxonasi hamda "Moskva koʻpfunktsiyali migratsiya markazi" bilan bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu shartnoma Oʻzbekistonda Rossiya migratsiya markazlari vakolatxonalari ochishni nazarda tutadi. 
Ayni damda Oʻzbekistonda Moskva viloyati Saxarovo qishlogʻida joylashgan "Moskva koʻpfunktsiyali migratsiya markazi"ning vakolatxonasi ishga tushishga tayyor. U yerda Oʻzbekiston fuqarolari Moskvada ishlash uchun patent olishlari mumkin.  
"Ushbu vakolatxonani rasman ochish uchun biz 16-18 mart kunlari Moskvadan delegatsiya kelishini kutmoqdamiz", - dedi vazir oʻrinbosari. 
Maʼlumot uchun, ayni damda Rossiya IIV mehnat migrantlari faoliyatiga doir yangi qonun ishlab chiqmoqda. Unga koʻra, Rossiyaga mehnat qilish uchun kelayotgan fuqarolar daktiloskopiya va tibbiy koʻrikni Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida oʻtishlari mumkin boʻladi. 
Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun Rossiya eng ommaviy yoʻnalish boʻlib qolmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasida boʻlgan 1,6 million Oʻzbekiston fuqarolarining 1,1 million Rossiyada mehnat qilmoqda. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala