Turkiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu
Abdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6-9 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turkiya delegatsiyasi mamlakatning Samarqanddagi Bosh konsulxonasining ochilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2021-yilning 6-9 mart kunlari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uzbekistan i Tursiya podpisali soglashenie o razvitii voyennogo i voyenno-texnicheskogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2020
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzoladi
Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish o‘rin olgan.
Shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0